Umumiy maʼlumot
SMM menejer bu — SMM (Social Media Marketing) mutaxassisi, ijtimoiy media vositalaridan foydalangan holda vebsayt, tovar yoki xizmatlarni targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, uni amalga oshiradigan kasb vakili. Uning maqsadi mijozning mahsulotiga yoki xizmatiga qiziqqan auditoriyani qamrab olish, mijozning brendi va obroʻyini mustahkamlash, salbiy, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi “qora PR”ning oldini olib, xaridor uchun ijobiy qiyofa yaratishga harakat qilish hisoblanadi. “SMMchi” toʻgʻridan toʻgʻri sotuvga taʼsir koʻrsatmasligi mumkin, lekin bilvosita, mahsulotning ijobiy qiyofasi va u haqda maʼlumotlarni taqdim etish bilan sotuvni koʻpaytiradi.
SMM menejeri brend, mahsulot yoki xizmatning qaysi ijtimoiy tarmoqlarda targʻib qilinishi, salbiy izohlar bilan ishlash va zararsizlantirish boʻyicha ish qanday tashkil etilishi, ijtimoiy kanallardagi auditoriyani koʻpaytirish uchun qanday ish olib borilishi va boshqalarni aniqlaydi.
Ijtimoiy sohada ijodiy yondashuvni qoʻllash bilan bogʻliq boshqa tadbirlar singari, SMM menejeri kasbi ham algoritmlashtirilgan harakatlarga qaraganda kamroq darajada sunʼiy intellektga berilish xavfi ostida. Yangi nostandart yechimlarni izlash va maqsadli auditoriyaning turli guruhlariga oʻziga xos yondashuv zarurati mutaxassisning nafaqat oʻz kasbiy mahoratini, balki shaxsiy isteʼdodlarini ham qoʻllash imkoniyatini kengaytiradi. Internet muhiti rivojlanishi va kelajakda oʻziga xos xususiyatlarga ega yangi ijtimoiy tarmoqlarning muntazam ravishda paydo boʻlishi SMM menejeridan doimiy ravishda samarali dasturlashtirilmagan yechimlarni izlashni talab qiladi.
Foydali havolalar
Fundamentals of digital marketing
Koʻrish
Social Media Marketing Course
Koʻrish
Social Media Marketing Specialization
Koʻrish
Strategic Social Media Marketing
Koʻrish