Diplomat

Siyosat
oylik 5 000 000 – 20 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Diplomat – tashqi siyosatdagi mansabdor, oʻz davlat manfaatini xalqaro maydonda himoya qiluvchi, xalqaro munosabatlarda davlatning pozitsiyasini eʼtirof etuvchi mutaxassis. Bu kasb egasi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarning oldini olishi, yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini hamda xalqaro munosabatlarni oʻrnatishi va ularni tahlil qilishi kerak. Shuningdek, xorijiy davlatda yashovchi vatandoshlarga huquqiy yordam berish, ularning xavfsizligini taʼminlash diplomatlar zimmasida boʻladi. Bunday shaxslar yuqori obroʻ va daromad, shaxsiy daxlsizlik huquqi, xorijga sayohat kabi imkoniyatlarga ega. Ish jarayonida vujudga keladigan stress, katta raqobat hamda masʼuliyatni hisobga oladigan boʻlsak, oʻz yoʻnalishi, siyosat borasida bilimga ega, bir qancha chet tillarini mukammal biluvchi, shuningdek, tez moslashuvchan insonlar bu sohada muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Dunyo mamlakatlari bilan xalqaro aloqalar davlatning ustuvor vazifasi boʻlib qolaveradi. Shu sabab, yetuk diplomatlarga ehtiyoj yildan yilga ortib boradi.

Talablar

  • Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot;
  • Ravon nutq;
  • Yaxshi did va uslub;
  • Psixologiya boʻyicha bilim;
  • Chet tillarini bilish.

Sifatlar

  • Mohiyatni toʻgʻri tushunish;
  • Stressga bardoshlilik;
  • Boshqalar bilan ishonchli biznes aloqalarini oʻrnatish va saqlash qobiliyati;
  • Ustuvorlikni belgilash, maqsadga intiluvchanlik;
  • Ijodkorlik;
  • Moslashuvchanlik.

Majburiyatlar

  • Xorijiy mamlakatlarning davlat organi, siyosiy va jamoat arboblari bilan munosabatda boʻlish;
  • Turli masalalar boʻyicha muzokara olib borish;
  • Qabul qiluvchi davlat diplomatlari bilan joriy muloqot;
  • Biznes, harbiy hamkorlik, ta’lim, savdo hamda madaniyat sohasida mamlakat uchun foydali aloqalarni o’rnatish;
  • Nizoni hal etish va xorijdagi vatandoshlarni himoya qilish;
  • Turli manbadan muhim maʼlumotni yigʻish va ishlanmalarni tahlil qilish;
  • Davlat birinchi shaxslarining rasmiy tashrifini tayyorlash;
  • Muayyan davlat bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Davlatlararo munosabatlarni oʻrnatish.
Ijobiy tomonlari
  • Jadal rivojlanish;
  • Sayohat qilish imkoniyati;
  • Diplomatik daxlsizlik;
  • Yuqori daromad;
  • Obroʻ-e’tibor;
  • Ijtimoiy ahamiyatga egalik;
  • Martaba oʻsishi.
Salbiy tomonlari
  • Mumkin boʻlgan xatar;
  • Yuqori raqobat Tartibsiz ish jadvali;
  • Katta masʼuliyat;
  • Stress.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Tashqi ishlar vazirligi;
  • Elchixona;
  • Konsullik;
  • Adliya vazirligi.

Foydali havolalar