Oʻqituvchi




-
Umumiy maʼlumot
-
Talab, koʻnikma va majburiyatlar
-
Ijobiy va salbiy tomonlari
-
Qayerda ishlash mumkin?
-
Foydali havolalar
Top kategoriyalar
Umumiy maʼlumot
Oʻqituvchi — oʻquvchi va talabalarni oʻqitish bilan shugʻullanadigan, turli yoʻnalishdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar bilan taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshiradigan pedagog mutaxassis. Bu kasb oʻz sohasi boʻyicha chuqur bilim bilan birgalikda, umumiy va zamonaviy tushunchaga ega boʻlishni talab qiladi. Shuningdek, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgani sababli bu sohada ham maʼlum bir koʻnikmaga ega boʻlish talab etiladi. Bundan tashqari, oʻqituvchi zimmasiga dars soatini rejalashtirish, oʻquvchilarni doimiy baholab borish, kasbiy rivojlanish, sinfni boshqarish hamda darsdan tashqari oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish kabi talablar mavjud. Ushbu sohani egallamoqchi boʻlgan inson taʼlim sohasida oliy maʼlumot, ajoyib nutq, idrok etish qobiliyati, kompyuter va texnika borasida malaka sohibi boʻlishi lozim. Mehnatsevar, yoshlar bilan ishlashda oʻziga xos metodikaga ega, keng dunyoqarash hamda kuzatish va boshqarish qobiliyati rivojlangan insonlar bu sohada tezda muvaffaqiyatga erishadi. Bu kasb talabgir va yaxshi haq toʻlanadigan kasb hisoblanib, oʻqituvchilar davlat va xususiy taʼlim muassasalarida, jumladan, oʻquv markazlari va onlayn platformalarda ishlashi mumkin.
Talablar
- Oʻqituvchilik boʻyicha oliy maʼlumot;
- Kompyuter va orgtexnika (tashkiliy texnika) haqida tushuncha;
- Mukammal ogʻzaki va yozma nutq.
Sifatlar
- Kuzatuvchanlik;
- Aniq maqsadga egalik;
- Mehnatsevarlik;
- Tirishqoqlik;
- Kamtarlik;
- Chiroyli nutq qobiliyati;
- Aktyorlik mahorati;
- Psixologik tayyorgarlik;
- Keng dunyoqarash.
Majburiyatlar
- Darslarni rejalashtirish va o’tkazish;
- O‘quvchilar rivojlanishini baholash;
- Ijobiy ta’lim muhitini yaratish;
- Individual tavsiyalar;
- Sinfni boshqarish;
- Hamkasblar va ota-onalar bilan hamkorlik qilish;
- Kasbiy rivojlanish;
- Monitoring va hisobot;
- O‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
- Darsdan tashqari mashg’ulotlar.

- Qiziqarli kasb;
- Koʻproq dam olish kunlari;
- Nisbatan yuqori maosh;
- Daromadning katta tanlovi;
- Ijtimoiy ahamiyatga ega;
- Jamiyatda bu soha egalariga oʻzgacha hurmat.

- Yuqori stress;
- Uzluksiz mashgʻulotlar;
- Moslashuvchanlik zarurati;
- Juda katta yuklama;
- Faoliyat boshida kam maosh.
Qayerda ishlash mumkin ?
- Davlatga qarashli va xususiy maktablar;
- O‘quv markazlari;
- Onlayn taʼlim platformalari.