Akusher-ginekolog

Tibbiyot
oylik 4 000 000 – 18 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Akusher-ginekolog — ayollarning reproduktiv tizimi, ular sogʻligi, homiladorlik va tugʻuruq jarayoniga ixtisoslashgan tibbiyot sohasi vakili. Shuningdek, ular zimmasiga ayollar bilan profilaktika suhbatini oʻtkazish, ulardagi kasallikni aniqlash va davolash, agar lozim boʻlsa, jarrohlik amaliyotini oʻtkazish yuklatilgan. Akusher-ginekolog ayolning homiladorlik davridan tortib, bola tugʻilgunga qadar boʻlgan muddat davomida javobgar shaxs hisoblanadi. Qoʻshimcha ravishda kontratsepsiya, bepushtlik, menopauza, jinsiy kasallikka tashxis qoʻyadi va davolaydi. Ushbu sohada faoliyat olib borish uchun tibbiyot sohasida oliy maʼlumot, jarrohlik va diagnostika koʻnikmasi talab etiladi. Tibbiy test va maʼlumotlarni oʻrganish, eng soʻnggi tadqiqot va davolash usullarini oʻrganib borish kelajakda muvaffaqqiyatli akusher-ginekolog boʻlishda katta yordam beradi. Muloqotga kirishuvchanlik, bemorlarga hamdardlik, yetakchilik hamda tezkor qaror qabul qilish hamda hamkorlikda ishlash ushbu soha vakili uchun zarur shaxsiy koʻnikma hisoblanadi. Uzoq ish vaqti, ruhiy va jismoniy charchoq, xususan, goʻdakning oʻlik yoki nuqson bilan tugʻilish holati uchrab turishi sababli akusher-ginekologlar stressni boshdan kechirishi mumkin. Ammo mehnat faoliyati davomida oʻsish istiqboli va yaxshi daromad topish imkoniyati yuqori.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Diagnostika ko’nikmasi;
  • Jarrohlik malakasi;
  • Tibbiy test va ma’lumotni sharhlash;
  • Eng so‘nggi tibbiy tadqiqot va davolash usullaridan xabardor boʻlish.

Sifatlar

  • Muloqotga kirishuvchanlik;
  • Shaxslararo ko’nikma;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Kuchli yetakchilik va qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Hamkorlikda ishlash mahorati.

Majburiyatlar

  • Fizik tekshiruv o’tkazish;
  • Tibbiy testlarni buyurish va sharhlash;
  • Tashxis qo‘yish, dori-darmonlar buyurish;
  • Bemorlarga maslahat va ta’lim berish;
  • Operatsiyani oʻtkazish va chaqaloqlarni tug’dirish;
  • Homiladorlikning barcha bosqichida, tug‘uruqdan keyingi davrda;
  • ham ayollarga g‘amxo‘rlik qilish.
Ijobiy tomonlari
  • Homiladorlik va tug‘ish kabi muhim hayot bosqichida ayollarga yordam berish;
  • Bepushtlik, ginekologik onkologiya va nosog‘lom homiladorlik kabi sohada ixtisoslashish imkoniyati;
  • Yaxshi ish va martaba oʻsishi uchun sharoit;
  • Yuqori daromad;
  • Tadqiqot va o‘qitish imkoniyati.
Salbiy tomonlari
  • Hissiy va jismoniy tomondan mashaqqatli mehnat;
  • Uzoq ish soati va bemorlardan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish;
  • Jiddiy va yuqumli kasalliklarga duchor bo‘lish ehtimoli;
  • Chaqaloq o‘lik tug‘ilishi yoki hayotiga xavf tug‘diradigan asorat kabi qiyin vaziyatni hal qilish;
  • Ta’lim va o‘qitish borasidagi yuqori talab.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Xususiy amaliyot muassasasi;
  • Tug‘uruq markazi;
  • Ayollar salomatligi bilan bog‘liq tadqiqot, o‘qitish yoki ma’muriy muassasalar.

Foydali havolalar