Backend dasturchi

IT
oylik 4.000.000 - 40.000.000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Back-end dasturchisi veb-loyiha server qismi uchun dasturlar yaratadi va u sayt yoki veb-ilova oʻz vazifasini toʻgʻri bajarishini taʼminlaydigan IT mutaxassisi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi server kodlari va APIʼlarni yozish, maʼlumotlar bazasi bilan ishlash va kutubxonalar yaratishdan iborat. U asosan “orqa front”da ishlaydi, shuning uchun uning ishi tez koʻzga tashlanmaydi. Har qanday back-end dasturchi Python, Java va PHP kabi dasturlash tillarini bilishi kerak. Ushbu soha vakillaridan mantiqiy xulosalarga asoslanib fikrlash, loyihalarni muhokama qilishda tashabbus koʻrsatish, oʻz ishlarini rejalashtirish qobiliyati kabi shaxsiy koʻnikmalar talab etiladi. Bu kasbni egallamoqchi boʻlgan inson veb-ishlab chiqish texnologiyalariga qiziqishi va shu sohada tajriba yoki maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Back-end dasturlash qiziqarli va tez rivojlanayotgan professional sohadir. Bu yoʻnalishni nafaqat tanlash, balki yaxshi koʻrish uchun bir qancha sabab bor. Odamlar veb-saytlarga muhtoj ekan, ishlab chiquvchilar ham doimo kerak boʻladi.

Talablar

  • PHP, Python, Ruby, Java, Perl, Node JS kabi server tillari va Symfony, Codeigniter, Yii, Zend
  • Framework, Kohana kabi freymvorklarni mukammal bilish
  • HTML, CSS va JavaScript kabi interfeysli veb-texnologiyalarni bilish
  • Xavfsizlik standartlarini mukammal bilish
  • Git kabi versiya nazorati tizimlarida ishlash tajribasi
  • Texnik hujjatlarni tushunish darajasida ingliz tilini bilish

Majburiyatlar

  • Tahliliy fikrlash
  • Tuzilmaviy fikrlash
  • Detallarga eʼtiborlilik
  • Texnikadan foydalana olish
  • Boy tasavvur
Ijobiy tomonlari
  • Qiziqarli va ijodiy ish turi
  • Soha mutaxassislariga boʻlgan katta talab
  • Yuqori daromad
  • Oliy maʼlumotsiz ham ishga joylashish imkoniyati
Salbiy tomonlari
  • Yaxshi ishga joylashish uchun jiddiy tayyorgarlik va ish tajribasi kerak
  • Ish tajribasiga ega boʻlmaganlar uchun ish topish qiyin boʻlishi mumkin
  • Bilimlarning tez eskirishi
  • Doimiy oʻtirib ishlash tarzi

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
  • Texnologik kompaniyalar
  • Frilans

Foydali havolalar