Bankir

Moliya, buxgalteriya
oylik 2 000 000 – 8 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Bankir — bankdagi moliyaviy jarayonni boshqarish bilan shugʻullanadigan malakali mutaxassis. U moliyaviy operatsiyani boshqaradi, mijozlarga xizmat koʻrsatadi, bank mahsuloti va xizmatlarini targʻib qiladi hamda mijozlar bilan kelib chiqadigan nizoli holatni bartaraf etadi. Shuningdek, bankdagi iqtisodiy jarayonni boshqarish bilan bogʻliq boshqa holatlar bank bilan tuzilgan shartnomada aks ettiriladi. Ushbu kasbni egallash uchun sizdan bank sohasi boʻyicha oliy maʼlumot, komyuter va zamonaviy texnologiyalardan xabardor boʻlish va chet tillarini yaxshi bilish talab etiladi. Eʼtiborlilik, ishga masʼuliyat bilan yondashish, tashabbuskorlik hamda oʻz-oʻzini rivojlantirishga intilish kabi koʻnikmalar ushbu sohada tezda oʻrningizni topishda yordam beradi. Bu kasb yaxshi haq toʻlanadigan va raqobatbardosh soha, ammo ish davomida stress, vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar hamda tartibsiz ish vaqti bilan bogʻliq muammolar uchrashi mumkin.

Bankirning ishi barqarorlikka xosdir. Dunyo oʻzgarmoqda, lekin banklar hali ham oʻz aktualligini yoʻqotmadi. Aksincha, ular zamonga moslashib, ayrim xizmat turlarini onlayn shaklda yoʻlga qoʻydi. Ushbu kasb ishda tez martabasi oʻsishini istaydiganlar uchun toʻgʻri keladi. Bilim, yaratuvchanlik va tirishqoqlik bilan siz oz fursatda yuqori pogʻonaga koʻtarilishingiz mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, lavozim qanchalik baland boʻlsa, masʼuliyat shunchalik katta boʻladi. Bankir xato qilishga haqli emas.

Talablar

  • Soha boʻyicha oliy maʼlumot;
  • Ish tajribasi;
  • Shaxsiy kompyuterga ega boʻlishi;
  • Oʻz-oʻzini rivojlantirishga tayyorlik;
  • Chet tillarini bilish.

Sifatlar

  • Eʼtiborlilik;
  • Masʼuliyatlilik;
  • Aniq maqsadga egalik;
  • Tashabbuskorlik;
  • Yuqori konsentratsiya;
  • Shaxsiy koʻnikmalarni shakllantirib borish.

Majburiyatlar

  • Moliyaviy operatsiyani boshqarish;
  • Mijozlarga xizmat ko’rsatish;
  • Xavfsizlik va aniqlikni ta’minlash;
  • Mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish;
  • Muammo va nizolarni hal etish;
  • Bilim va ko‘nikmalarni yangilash.
Ijobiy tomonlari
  • Barqarorlik;
  • Tez martaba oʻsishi;
  • Rivojlanish yoʻlini mustaqil tanlash;
  • Yuqori daromad;
  • Ahamiyatlilik;
  • Ish bozoridagi katta talab.
Salbiy tomonlari
  • Yuqori masʼuliyat;
  • Xato qilishga imkon yoʻqligi;
  • Tartibsiz ish vaqti;
  • Stressli holatning koʻpligi;
  • Mavjud xavf-xatar.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Tijorat banki;
  • Investitsion bank;
  • Kredit uyushmasi.

Foydali havolalar