Bolalar jarrohi

Tibbiyot
oylik 5 000 000 – 18 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Bolalalar jarrohi bolalar, jumladan, chaqaloq va oʻsmirlarda uchraydigan tugʻma nuqson, oʻsma, shikastlanish va infeksiya tushishi kabi turli kasalliklarni davolaydi. Muolaja davomida bemorning tibbiy ahvolini baholash, davolash rejasini ishlab chiqarish, zarur boʻlganda operatsiyani amalga oshirish hamda bemorning keyingi tiklanish jarayonini doimiy kuzatib borish – bollalar jarrohiga yuklatilgan vazifalar. Bu sohani egallash uchun tibbiyot sohasida oliy maʼlumot, bolalar anatomiya va fiziologiyasi haqida mukammal tushunchaga ega boʻlish, sohada qoʻllaniladigan texnologiya haqida xabardor boʻlish lozim. Masʼuliyatli vazifa yuklatilgani sababli boʻlajak bolalar jarrohida yosh bemorlar bilan muloqotga kirishib ketish, muloqot qila olish, muammoni tez va samarali usulda barataraf etish kabi koʻnikma mavjud boʻlishi kerak. Boshqa tibbiyot kasbida boʻlgani kabi ularda ham stress va bosim koʻp uchraydi, shu bilan birga, haddan ortiq masʼuliyat va javobgarlik hissi mavjud. Bolalar jarrohiga talabning yuqoriligi hamda ish davomida oʻsish imkoniyati tufayli bolalar jarrohi kasbini yuqori daromadli soha deya eʼtirof etish mumkin.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Pediatrlik, bemorlarga xos bo‘lgan jarrohlik usuli, jumladan, minimal invaziv xirurgiyani bilish;
  • Bolalar anatomiya va fiziologiyasidan xabardor boʻlish;
  • Bemorlarda behushlik va og‘riqni nazorat qilish haqida tushuncha;
  • Tibbiy tasvir va test natijalarini sharhlash qobiliyati;
  • Jarrohlikda qo‘llaniladigan tibbiy asbob-uskuna va texnologiyalar bilan tanishish.

Sifatlar

  • Mukammal muloqot va shaxslararo ko’nikma;
  • Bemor va ular oilasiga hissiy yordam ko‘rsatish uchun hamdardlik;
  • Murakkab muammoni hal etish va qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Bosimli va tezkor muhitda ishlash;
  • Tafsilotga diqqatlilik;
  • Hujjatlarni boshqarish uchun kuchli tashkiliy mahorat.

Majburiyatlar

  • Dardmandlar bilan maslahatlashish va tekshiruv o’tkazish;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Bemor va ular oilasiga jarrohlik muolajasini tushuntirish;
  • Xirurgik davolash;
  • Operatsiya vaqtida va undan keyin bemorlarni kuzatish;
  • Kerak bo‘lganda dori-darmon va boshqa davolash usulini buyurish;
  • Bemorlarga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirish;
  • Boshqa tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlik qilish;
  • Sohadagi yutuqlardan xabardor bo’lish;
  • Bemor hujjatini yuritish.
Ijobiy tomonlari
  • Bolalar va ular oilasiga yordam berish orqali oʻz ishidan qoniqish;
  • Bolalar jarrohiga bo‘lgan yuqori talab;
  • Ish barqarorligi va o‘sish imkoniyati;
  • Raqobatbardosh ish haqi va imtiyozlar;
  • Tadqiqot va ilmiy ish uchun sharoit;
  • Ilg‘or texnologiya va tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyati.
Salbiy tomonlari
  • Og‘ir kasal bolalar bilan ishlash tufayli yuqori darajadagi stress va zo’riqish;
  • Uzoq va tartibsiz ish soati;
  • Yuqori darajadagi mas’uliyat va javobgarlik ;
  • Chuqur ta’lim olish kerakligi;
  • Yuqumli kasallik va xavfli materiallar ta’siri.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Tibbiyot markazi;
  • Ilmiy muassasa;
  • Tadqiqot markazi;
  • Xususiy amaliyot muassasalari.

Foydali havolalar