Dermatolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 10 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Dermatolog — tibbiyotning teri va tirnoq bilan bogʻliq kasalliklarini tashxislash, davolash hamda oldini olishga qaratilgan vazifani bajaruvchi mutaxassis. Shuningdek, dermatolog teri kasalliklarining yuzaga kelishi, davolash usuli, teri, soch va tirnoqda paydo boʻladigan kasallik qoʻzgatuvchilarini aniqlaydi va davolaydi. Muolaja davrida u biopsiya, lazer terapiyasi va krioterapiya kabi usullardan foydalanadi. Bu kasbni egallash uchun sizdan tibbiyot, xususan, dermatologiya boʻyicha oliy maʼlumot, sohani chuqur bilish, davolashning turli yoʻllari haqida tushuncha, tibbiy test natijalarini tahlil qila olishga doir maʼlumotga ega boʻlish kerak. Kirishimlilik, bemorlarga hamdardlik, hamkorlikda ishlash koʻnikmasi kabi shaxsiy xususiyatlar kasallar bilan ishlashni yanada osonlashtirishi mumkin. Ushbu sohada sugʻurta narxi qimmatligi, tigʻiz ish jadvali hamda yuqori stress mavjud. Shunga qaramasdan, dermatologiya tibbiyot sohasida yaxshi haq toʻlanadigan kasblardan biri.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Dermatologiyaga oid tibbiy terminologiyani bilish;
  • Tibbiy test natijalarini sharhlash va tahlil qilish qobiliyati;
  • Turli diagnostika va davolash vositalari bilan tanishish;
  • Tibbiy qaydlarni yuritish bo‘yicha malaka.

Sifatlar

  • Kirishimlilik;
  • Shaxslararo ko‘nikma;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Tafsilotga diqqat bilan yondashish;
  • Hamkorlikda ishlash mahorati.

Majburiyatlar

  • Fizik tekshiruv o’tkazish;
  • Tibbiy testlarni sharhlash;
  • Dori-darmon yoki boshqa muolajani buyurish;
  • Jarrohlik muolajasini bajarish;
  • Dardmandlarga teri salomatligi va parvarishi boʻyicha ma’lumot berish;
  • Bemorni parvarish qilishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish.
Ijobiy tomonlari
  • Teri, soch va tirnoqlarning keng doiradagi kasalliklarini tashxislash va davolash qobiliyati;
  • Ish xavfsizligi va barqarorligiga olib keladigan dermatologiya xizmatiga talabning yuqoriligi;
  • Turli sharoitda, jumladan, xususiy amaliyot, shifoxona va tadqiqot muassasalarida ishlash imkoniyati;
  • Boshqa tibbiyot mutaxassislariga nisbatan yuqori daromad olish imkoniyati;
  • Bemorlarning o‘ziga ishonchi va umumiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mahorati.
Salbiy tomonlari
  • Uzoq va talabchan ta’lim;
  • Og‘ir yoki hayotga xavf solishi mumkin bo‘lgan bemorlar bilan ishlashdagi yuqori stress;
  • Nojo‘ya asoratdan himoyalanish sug‘urtasining yuqori narxi;
  • Ish jadvali va joylashuvi bo‘yicha cheklangan moslashuvchanlik;
  • Sohadagi yutuqni kuzatib borish uchun doimiy malaka oshirish talabi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Klinika;
  • Xususiy amaliyot markazi;
  • Tadqiqot institutlari.

Foydali havolalar