Endokrinolog

Tibbiyot
oylik 4 000 000 – 11 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Endokrinolog — ichki sekretsiya bezlari tuzilishi, rivojlanishi, funksiyasi hamda ular ishlab chiqaradigan garmonlar bilan bogʻliq muammoni bartaraf etuvchi tibbiyot mutaxassisi. U bemorning umumiy ahvolini tekshiradi va davolash rejasini ishlab chiqadi. Koʻplab endokrin kasalliklar uzoq muddatli davolashni talab etishi sababli muolaja jarayonida bemor holatidan xabardor boʻlib turish ham endokrinolog zimmasida boʻladi. Bu soha tibbiyotning boshqa boʻlimi, xususan, diyetologiya bilan yaqin hamkorlikni talab etadi. Kelajakda ushbu kasbni egallamoqchi boʻlgan yoshlardan tibbiyot sohasida oliy maʼlumot, biokimyo, fiziologiya, farmakologiya hamda diagnostika kabi mutaxassislikka oid bilim talab etiladi. Shuningdek, shaxslararo munosabat, empatiya, samimiylik va yuqori masʼuliyat kabi shaxsiy koʻnikmga ega insonlar ushbu sohada tezda muvaffaqiyatga erishadi. Malakali endokrinologlarga xususiy hamda davlat tibbiyot muassasalarida talab yuqori va ularga yaxshi haq taklif etiladi.

Talablar

  • Soha bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Biokimyo;
  • Fiziologiya ;
  • Farmakologiya;
  • Diagnostika testlari va murakkab tibbiy ma’lumotni sharhlash qobiliyati.

Sifatlar

  • O‘zaro munosabat;
  • Hamdardlik;
  • Kirishimlilik;
  • Samimiylik.

Majburiyatlar

  • Dardmandlarni tashxislash va diagnostik testlarni o’tkazish;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Bemor holatini kuzatish va kerak bo‘lganda muolajani o’zgartirish;
  • Boshqa tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlik qilish;
  • Sohadagi so‘nggi tadqiqot va ishlanmalardan xabardor bo‘lish;
  • Tibbiy qaydlar va hujjatlarni aniq yuritish.
Ijobiy tomonlari
  • Ixtisoslashgan mutaxassislik;
  • Bemorlar hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish;
  • Tadqiqot uchun imkoniyat;
  • Barqaror ish va o‘sish uchun sharoit;
  • Yaxshi daromad.
Salbiy tomonlari
  • Uzoq vaqt o‘qish, o‘rganish;
  • Ish yukining koʻpligi;
  • Yuqori stress;
  • Sug‘urta va ma’muriy muammolar.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Klinika;
  • Xususiy amaliyot va tadqiqot muassasalari.

Foydali havolalar