Feldsher

Tibbiyot
oylik 2 000 000 – 10 000 000 UZS so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Feldsher — favqulodda vaziyatda yuzaga keladigan tibbiyot bilan bogʻliq muammolar, shuningdek, tibbiy yordamga muhtoj shaxslarga yordam koʻrsatuvchi mutaxassis. Uning vazifasiga yurak xuruji, qon tomir bilan bogʻliq kasallik, travmatik shikastlanish hamda nafas olish bilan bogʻliq masalani bartaraf etish kiradi. Feldsher chaqiruv boʻyicha manzilga boradi, bemor ahvolini tezda baholaydi, zarur boʻlsa tibbiy yordam koʻrsatadi yoki tibbiyot muassasasiga olib boradi. Ushbu sohani egallash uchun tibbiyot sohasida oliy yoki oʻrta taʼlim, odam anatomiyasi, fiziologiyasi hamda farmakologiyasi boʻyicha bilim, tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tajribasi hamda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmasi talab etiladi. Ish jarayonida yuqori darajada stress, yuqumli kasallikka chalinish xavfi, tartibsiz ish soati va tezkor qaror qabul qilish bilan bogʻliq muammo vujudga kelishi mumkin. Kuchli empatiyaga ega, darhol bir toʻxtamga keladigan hamda masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishdan qoʻrqmaydigan insonlar ushbu kasbda tezda muvaffaqqiyatga erishadi. Malakali feldsherlarga tibbiyot markazi, oʻt oʻchirish hamda tez tibbiy yordam boʻlimlarida talab yuqori va yaxshi haq taklif etiladi.

Talablar

  • Sohadagi oliy yoki o‘rta ma’lumot;
  • Shoshilinch tibbiy yordam ko’nikmasi;
  • Anatomiya, fiziologiya, farmakologiya;
  • Tibbiy asbob-uskunalardan foydalanishni bilish;
  • Tibbiy muolajani bajarish.

Sifatlar

  • Muloqotga kirishuvchanlik;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Yuqori stressli vaziyatda xotirjam boʻla olish va diqqatni jamlash;
  • Murakkab holatda hissiyotni boshqara olish.

Majburiyatlar

  • Bemorlarning tibbiy holatini baholash;
  • Dori-darmonni tayinlash, tibbiy muolajani bajarish Dardmandlarni tibbiy muassasalarga olib borish;
  • Boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlik qilish;
  • Bemorni davolashga oid hujjatni tayyorlash.
Ijobiy tomonlari
  • Muhtoj odamlarga yordam berish va ular hayotini o‘zgartirish imkoniyati;
  • Doimiy o‘zgaruvchan ish muhiti va qiyinchiliklar;
  • Martaba ko‘tarilishi va ixtisoslashuv uchun sharoit;
  • Shoshilinch tibbiy yordam mutaxassislariga talab yuqoriligi;
  • Jamoaning bir qismi sifatida ishlash va hamkasblar bilan mustahkam munosabat o’rnatish.
Salbiy tomonlari
  • Yuqori darajadagi stress;
  • Og‘ir jarohat yoki hissiy jihatdan qiyin vizayat bilan to’qnashish;
  • Yuqumli kasallikka chalinish;
  • Zaharli materiallar ta’sirida shikastlanish xavfi;
  • Navbatchilik qilish va tartibsiz ish soati;
  • Qaror qabul qilish imkoniyatining cheklanganligi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Tez yordam markazi;
  • Shifoxona;
  • O‘t o‘chirish bo’limi;
  • Tez tibbiy yordam xizmatlari.

Foydali havolalar