Fizioterapevt

Tibbiyot
oylik 2 000 00 – 6 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Fizioterapevt — bemorlar tanasining maksimal harakatlanishi va funksionalligini rivojlantirish, saqlash va tiklash amaliyotini bajaruvchi mutaxassis. Ular bemorlarga ogʻriqlarni nazorat qilish, harakatchanlikni yaxshilash, jarohatdan soʻng tiklanish uchun mashqlar va manipulyatsiya kabi usullarni tavsiya qiladi. Tayanch-harakat aʼzolarining shikastlanishi, nevrologik kasalliklar hamda nafas olish bilan bogʻliq boʻlgan muammosi mavjud bemorlar fizioterapevtga murojaat qiladi. Ushbu sohani egallash uchun oliy yoki oʻrta maʼlumot, anatomiya, fiziologiya va kinesioterapiya boʻyicha bilim hamda jismoniy terapiyada qoʻllanadigan texnika va jihozlar haqida tushuncha boʻlishi kerak. Muloqotga ochiqlik, kuchli empatiya hamda boshqa tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda ishlash koʻnikmasi bemorlar bilan ishonchni yanada mustahkamlaydi. Ushbu kasbda uzoq vaqt davomida tik turish yoki qoʻl mehnatini talab etadigan jismoniy mashq bajarish, yuqori stress hamda cheklangan daromad olish kabi qiyinchilik mavjud.

Talablar

  • Sohadagi oliy yoki o‘rta ma’lumot;
  • Anatomiya, fiziologiya va kinesioterapiya bo‘yicha bilim;
  • Jismoniy terapiyada qo‘llaniladigan turli xil texnika va jihozlarni tushunish.

Sifatlar

  • Kirishimlilik;
  • Empatiya va bemorlar ishonchiga kira olish qobiliyati;
  • Sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash.

Majburiyatlar

  • Dardmandlarning jismoniy imkoniyatini baholash;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Muolaja tadbirini amalga oshirish;
  • Bemor rivojini kuzatish;
  • Fiziologik muammosi bor insonning tibbiy qaydini yuritish;
  • Bemorga ma’lumot berish.
Ijobiy tomonlari
  • Bemorlarga hayot sifatini yaxshilash va maqsadiga erishishda yordam berish;
  • Fizioterapiya xizmatiga talab yuqoriligi, ish xavfsizligi va barqarorligi;
  • Mustaqil ishlash va bemorni parvarish qilish bo‘yicha qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Martaba va ixtisoslashuv uchun imkoniyat.
Salbiy tomonlari
  • Uzoq vaqt davomida tik turish yoki qo‘l mehnatini talab qiluvchi jismonan mashaqqatli ish;
  • Og‘riqli yoki harakat bilan bogʻliq kasallikka qarshi kurashayotgan bemorlar bilan ishlashda yuqori stress;
  • Muayyan ish sharoitida avtonomiya va qaror qabul qilish uchun cheklangan imkoniyat;
  • Yuqori ta’lim talabi va doimiy ravishda malaka oshirish lozimligi;
  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa kasblarga nisbatan cheklangan daromad olish ehtimoli.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Klinika;
  • Reabilitatsiya markazi;
  • Sport maktablari.

Foydali havolalar