Front-end dasturchi

IT
oylik 4 000 000 – 40 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Frontend dasturchisi — foydalanuvchilar uchun moʻljallangan interfeysni yaratuvchi inson. Frontend dasturchisi brauzerdagi saytning old koʻrinishini (foydalanuvchiga koʻrinadigan qismi) yaratish bilan shugʻullanadi. Bu kasb egalarining vazifasi – veb-sayt yoki veb-ilovaning foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqasi iloji boricha qulay boʻlishini ta’minlash. Talabgir va yaxshi haq toʻlanadigan ushbu kasb texnik va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Texnik koʻnikmalardan HTML, CSS, JavaScript va jQuery kabi kodlash tillaridan xabardor boʻlish, server tomondan CSSʼni tushunish, grafik dizayn dasturlarida (masalan, Adobe Illustrator) ishlash mexanizmi haqida maʼlumotga ega boʻlish talab etiladi. Frontend dasturchisi sifatida siz internetni yanada qiziqarli, chiroyli va qulayroq qilishingiz mumkin. 

Talablar

  • HTML va CSS (shu jumladan, CSS freymvorklar, W3C WHATWG, HTML5/CSS3 Polyfills) koʻnikmalari;
  • CSS protsessorlarini bilish (Sass, Less, Stylus va boshqalar);
  • JavaScript va JavaScript transpaylerlarini (Babel) mukammal bilish;
  • Mashhur freymvorklar va kutubxonalarda ishlay olish: jQuery, Angular.JS, React.JS, Backbone.js va boshqalar;
  • Server texnologiyalarini tushunish va back-end yaratish tamoyillarini bilish (Node.js, PHP, Ruby, .NET va boshqalar);
  • Nosozliklarni tuzatish vositalarida ishlay olish (Chrome Dev Tools, Firebug va h.k.);
  • Versiyalarni nazorat qilish vositalarida ishlay olish (Git, GitHub, CVS va h.k.);
  • Maʼlumotlar bazasi va soʻrov tillarini bilish (SQL, MySql, NoSQL, MongoDB va h.k.);
  • Grafik muharrirlarda ishlay olish (Photoshop, Illustrator va boshqalar);
  • Texnik hujjatlar bilan ishlash uchun ingliz tilini bilish.

Sifatlar

  • Katta hajmdagi axborotlar bilan ishlay olish;
  • Tahliliy fikrlash;
  • Tuzilmaviy fikrlash;
  • Eʼtiborlilik;
  • Texnikadan foydalana olish;
  • Boy tasavvur.

Majburiyatlar

Veb-saytlar, veb-ilovalar va Internet xizmatlari interfeyslarini yaratish boʻyicha mutaxassis.
U veb-resursning funksionalligi va koʻrinishini yaratadi, sahifalarga “hayot” bagʻishlaydi, har turdagi oʻtishlar, qalqib chiquvchi oynalar, ochiladigan menyular, animatsiyalar va boshqa interaktiv elementlarni qoʻshadi.
Front-end sayt turli brauzer va qurilmalarda ochilganda qanchalik toʻgʻri koʻrsatilishi va ishlashiga bogʻliq.

Ijobiy tomonlari
  • Soha mutaxassislariga boʻlgan katta talab;
  • Xalqaro kompaniya va loyihalarda ishlash imkoniyati;
  • Ish tajribasiga ega mutaxassislarda yuqori daromad olish imkoniyati.
Salbiy tomonlari
  • Tinimsiz rivojlanish va yangi texnologiyalarni oʻrganish;
  • Sohada yangi boʻlganlarning ishga joylashishdagi qiyinchiliklari;
  • Texnologiyalarning katta toʻplami bilan tanish boʻlish;
  • Oʻtirib ishlash tarzi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar;
  • Texnologik kompaniyalar;
  • Marketing kompaniyalar;
  • Frilans.

EPAM Salesforce Wipro Google Apple

Foydali havolalar