Geofizik




-
Umumiy maʼlumot
-
Talab, koʻnikma va majburiyatlar
-
Ijobiy va salbiy tomonlari
-
Qayerda ishlash mumkin?
-
Foydali havolalar
Top kategoriyalar
Umumiy maʼlumot
Geofizik olim Yerning kelib chiqishi, evolyutsiyasi, tuzilishi, xususiyatlari va uning qobiqlarida sodir boʻlayotgan jarayonlarni oʻrganadi. Amaliy geofizik, seysmik qidiruv ishlari bilan shugʻullanadi. Ushbu usul Yer qobigʻida portlash yoki zarba natijasida yuzaga kelgan elastik toʻlqinlar tarqalishini oʻrganishga asoslangan. Geofiziklar ushbu toʻlqinlarning tarqalish vaqti va tebranishlarning xususiyatini hisobga olgan holda jinslarning tarkibi va maʼlum bir hududda minerallar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻladilar. Geofizika kashf qilingandan soʻng uning zaxiralari baholanadi, atrof-muhitga zarar keltirmagan holda oqilona rivojlanish usullari ishlab chiqiladi.
Geofizik tekshiruvlaridan foydalangan holda mutaxassislar Yer qobigʻida neft va gaz, maʼdanli minerallar va yerosti suvlarini qidirish bilan shugʻullanadilar. Bular inson yashashi uchun eng muhim moddalardan hisoblanadi.
Talablar
- Geologik qidiruv va maʼlumotlarni sharhlash;
- Katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash;
- Ish jarayonini tashkil etish;
- Neft va gaz uskunalari;
- Neftni tashish;
- Sanoat xavfsizligi;
- Seysmik qidiruv;
- Muhandislik tadqiqoti;
- Sifat nazorati;
- Analitik koʻnikmalar;
- Ishlab chiqarish va geofizik ishlar;
- Geofizika;
- Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari;
- Quduqlarni burgʻilash;
- Texnik shartlarni ishlab chiqish.
Sifatlar
- Fizika va geografiyaga qiziqish;
- Matematik qobiliyatlar;
- Analitik fikrlash;
- Mustahkam sogʻlik;
- Kuzatish qobiliyati.
Majburiyatlar
- Tabiiy resurslarni oʻrganish va baholash;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish bilan shugʻullanish;
- Ob-havo oʻzgarishini bashorat qilishi mumkin;
- Ehtimoliy tabiiy ofatlar haqida ogohlantirish;
- Okeanlar ustida tadqiqotlar oʻtkazish;
- Yaqin va uzoq makonni oʻrganishda davom etayotgan yadroviy qurol sinovlari va ularning oqibatlari ustidan nazorat qilish.

- Qiziqarli kasb;
- Ish haqining yuqori darajasi;
- Ishda oʻsish imkoniyati;
- Mehnat bozorida talab;
- Xorijiy kompaniyalarda ishga joylashish imkoniyatlari.

- Mutaxassislikning murakkabligi;
- Yuqori masʼuliyat;
- Ehtiyotkorlik va yuqori malakani talab qiladi;
- Tez-tez xizmat safarlari;
- Uzoq joylarda ishlash.
Qayerda ishlash mumkin ?
- Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari;
- Loyiha tashkilotlari;
- Sanoat korxonalari ;
- Neft kompaniyalari;
- Universitetlar.