Hamshira

Tibbiyot
oylik 2 000 000 – 5 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Hamshira bu — shifokorning barcha sohadagi malakali yordamchisidir. Shifokorning koʻrsatmalari va topshiriqlarini bajaradi, uning yoʻqligida u bemorga yoki jabrlanuvchiga hayot uchun xavfli boʻlgan holatlarda (kasallikning keskin kuchayishi, travma va boshqalar) tibbiy yordam koʻrsatishi shart.
Hamshiraning majburiyatlariga turli xil diagnostika va tibbiy muolajalarni amalga oshirish, haroratni oʻlchash, bintlar, inyeksiyalar, emlash jarayonlarini olib borish, jarrohlik operatsiyalari va tibbiy muolajalarda shifokorlarga yordam berish, bemorlarga shifokor tomonidan tayinlangan dori-darmonlarni oʻz vaqtida berish, holatini nazorat qilish, massaj qilish va har tomonlama yordam berish kiradi.

Talablar

  • Oliy tibbiy yoki oʻrta tibbiy maʻlumot;
  • Hamshiralik guvohnomasi;
  • Kompyuterda ishlash qobiliyatlari;
  • Tanani bilish va birinchi yordam.

Sifatlar

  • Hamdardlik;
  • Rahmshafqat;
  • Eʻtiborlilik;
  • Sezgirlik;
  • Muloqotchanlik;
  • Ajoyib xotira;
  • Aniqlik;
  • Masʻuliyat.

Majburiyatlar

Shifokor yoki feldsher bemorni tekshiradi va davolanishni buyuradi, yana kimdir quyidagilarni bajarishi kerak: ukol qilish, tomchilarni quyish, yarani bogʻlash, dori berish, tana haroratini tekshirish va hokazo. Bularning barchasi oʻrta tibbiy maʼlumotli xodimlaridan iborat mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Hamshira bemorlar bilan shifokordan ham koʻproq muloqotda boʻladi. Davolashning muvaffaqiyati koʻp jihatdan uning mahoratiga bogʻliq. Hamshiraning oʻziga xos majburiyatlari ish joyiga qarab belgilanadi. Uning ishdagi asosiy maqsadi betob odamlarga yordam berishdir. Bunday ish, ayniqsa, shifoxonada ishlayotgan boʻlsa, ruhiy mamnuniyat keltiradi. Ammo bu juda qiyin ish, hatto uni juda yaxshi koʻrsangiz ham. Chunki ish kunining oʻrtasida tin olish va mulohaza yuritish uchun vaqt yoʻq.

Ijobiy tomonlari
  • Keyingi martaba koʻtarilish uchun tibbiy maʻlumot olish imkoniyati;
  • Ijtimoiy ahamiyatga ega;
  • Talab;
  • Hurmat va izzat;
  • Muvofiqlik.
Salbiy tomonlari
  • Tartibsiz ish vaqti;
  • Ish haqining minimal darajasi;
  • Stressli vaziyatlar;
  • Jiddiy jismoniy faoliyat;
  • Bemorlar bilan muloqotda yuqumli kasallik yuqishi xavfi,

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Ilmiy tadqiqot instituti;
  • Klinika;
  • Kasalxona;
  • Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi,

Foydali havolalar