Interfeys dizayneri

IT
oylik 4 000 000 – 20 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

UX dizayneri bu — mahsulot va uning interfeysini yaratuvchi. Bunday kasb egalari koʻpincha “mahsulot dizayneri” deb ham yuritiladi. UX dizayneri mahsulot xaridor uchun jozibador, ishlatishga qulay va zamonaviy boʻlishini taʼminlaydi. Bu kasbni egallamoqchi boʻlgan shaxs grafik dizayn, dasturiy taʼminot va ijtimoiy tadqiqotlar boʻyicha bilimga ega boʻlishi zarur. Foydalanuvchilar uchun mahsulot dizaynini yaratish jarayonida kompaniya auditoriyasi ichida soʻrovnoma oʻtkazish, yangi dizayn asosida mahsulot prototipini yaratish, natijaga koʻra mahsulot tuzilishini oʻzgartirish kabi vazifalar ham aynan interfeys dizayneri zimmasida. HTML, CSS, JavaScript, Figma, Photoshop kabi dasturlar haqida mukammal bilimga ega boʻlgan, kreativ va kommunikativ, xususan, jamoa bilan ishlash qobiliyati rivojlangan insonlar bu sohada tezda oʻz oʻrinini topadi. Bu texnologiya asridagi istiqbolli va yaxshi haq toʻlanadigan kasblardan biri. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida siz veb dizayn sohasida mustaqil ish bilan ham shugʻullanishga vaqt topa olasiz.

Talablar

  • UX tasvirlash;
  • Wireframe va prototip yaratish;
  • User testlar;
  • HTML, CSS, Javascript;
  • Figma;
  • Photoshop;
  • Sketch.

Sifatlar

  • Empatiya;
  • Jamoada ishlash qobiliyati;
  • Kommunikativ koʻnikma;
  • Katta hajmdagi axborot bilan ishlay olish;
  • Tahliliy fikrlash;
  • Tizimli fikrlash;
  • Eʼtiborlilik;
  • Texnikadan foydalana olish;
  • Boy tasavvur.

Majburiyatlar

  • Loyiha va uning auditoriyasi haqida maʼlumot toʻplash;
  • Foydalanuvchi ssenariylarini tahlil qilish (mahsulotdan foydalanishda oʻzini qanday tutishni oʻrganish);
  • Maqsadli auditoriya portretini yaratish;
  • Uslubni ishlab chiqish, shrift, rang va oʻlchamlar boʻyicha koʻrsatmani tuzish;
  • Foydalanuvchilar orasida soʻrov oʻtkazish;
  • Mahsulotdan samarali foydalanish mantigʻini oʻylash;
  • Mahsulot prototipini ishlab chiqish;
  • Auditoriyada prototipni sinab koʻrish va oʻzgartirish kiritish;
  • Mahsulot bilan optimal foydalanuvchi tajribasiga erishmaguncha, prototip, sinov, oʻzgartirish kiritishni takroriy bajarish.
Ijobiy tomonlari
  • Interfeys dizayneri kasbida xohish va rejangizga qarab, bir necha usulda rivojlanishingiz mumkin: veb dizayn sohasida takomillashish, mustaqil ish bilan shugʻullanish, mahorat hamda reytingni oshiruvchi kasbda rivojlanish. Bu esa biznes tahlili yoki marketing sohasida oʻzingizni sinab koʻrishingizga yordam beradi. Uzoq yillik ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassis IT boʻlimi boshligʻi oʻrnini egallashi, korxonaning bosh dizayneri yoki badiiy rahbari lavozimiga koʻtarilishi mumkin.
Salbiy tomonlari
  • Yakuniy mahsulot uchun katta masʼuliyat;
  • Foydalanuvchilar orasida doimiy ravishda tadqiqotlar tashkil etish zarurati;
  • Tegishli sohalar boʻyicha bilimga boʻlgan ehtiyoj.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi tashkilotlar;
  • Texnologik kompaniyalar ;
  • Marketing agentliklari;
  • Frilans.

Foydali havolalar