Interyer dizayneri

Dizayn va amaliy sanʼat
oylik 5 000 000 – 20 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Interyer dizayneri binolarning maydonini (chiziqlar, shakllar, mebellar, ranglar) loyihalash va tashkil etish boʻyicha mutaxassis. U faoliyati davomida insonning mavjudligi uchun funksional qulaylik, xavfsizlik va badiiy joziba bilan ajralib turadigan maxsus muhit yaratadi. Hozirgi vaqtda interyer dizayneri nafaqat xonalarni bezatish uchun javobgar, balki u xona hajmi va tuzilishi, jihozlar, mebel turlari, pardozlash materiallari turlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Interyer dizaynerlik kasbi xona joylashishi, yoritish, shamollatish tizimlari, devor bezaklari, mebellarni tartibga solish, toʻqimachilik dizayni va navigatsiya belgilarini oʻrnatishdan tortib ichki bezatishning butun jarayonini nazarda tutadi. Oʻz ishlarida interyer dizaynerlari kompyuter dasturlaridan foydalanadilar: Adobe Photoshop, CorelDraw, 3Ds max, Adobe Illustrator shular jumlasidan. Dizayner bu – hozirgi paytda mavjud boʻlgan koʻplab bilim va gʻoyalarni toʻplagan, ularni oʻzlashtirgan va har bir yangi mijoz bilan har safar yangi dunyo, faqatgina shu odam uchun mos yangi xona qurishga tayyor boʻlgan odam. Ushbu kasbda oʻzingiz ustida ishlash koʻp mehnat va doimiy izlanish hamda bedorlik degani. Ammo bu ijodiy kasbning zavqi ham beqiyosdir.

Talablar

  • 3DsMax (Corona/V-ray);
  • Post qayta ishlash uchun;
  • Photoshop/Lightroom/Nuke;
  • 3D kompozitsiya qobiliyatlari;
  • Chizmalarni o’qish qobiliyati;
  • Rivojlangan estetik did;
  • Archicad;
  • MS ofisi;
  • Adobe Photoshop;
  • CorelDraw;
  • Lumion;
  • Autocad.

Sifatlar

  • Qattiqqoʻllik va temir intizom;
  • Ishonchlilik;
  • Sabr;
  • Ijodiy tarafkashlik;
  • Uzoqni koʻrish;
  • Badiiy didning mavjudligi;
  • Oʻzining dunyoqarashiga ega boʻlish.

Majburiyatlar

  • Arxitekturaga oid keng koʻlamli yechimlarni ishlab chiqish;
  • Mijozning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda texnik xususiyatlar toʻgʻrisidagi bayonot;
  • Dizayn hujjatlarini ishlab chiqish;
  • Ishning barcha bosqichlarida obyektni mustaqil ravishda taʼmirlash;
  • Yakuniy materiallar va jihozlarni tanlash.
Ijobiy tomonlari
  • Talab yuqori;
  • Qiziqarli ijodiy ish;
  • Xilmaxillik;
  • Doimiy rivojlanish;
  • Yuqori ish haqi;
  • Xayol va gʻoyalaringizni roʻyobga chiqarish imkoniyati.
Salbiy tomonlari
  • Buyurtmachi va dizaynerning didi mos kelmasligi;
  • Qiyinchilik va mashaqqatli mehnat;
  • Ijodiy inqiroz;
  • Ish faoliyatini baholashning obyektivligi;
  • Yuqori umidlar.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Mebel fabrikasi;
  • Axritektura byurosi;
  • Qurilish firmasi.

Foydali havolalar