Jarroh-veterinar

Tibbiyot
oylik 5 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Jarroh-veterinar — hayvonlar tanasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazuvchi mutaxassis. Bu kasb egasi jonivorlarda xirurgik amaliyotni talab etadigan kasalliklarni aniqlaydi, bartaraf etadi va tiklanish jarayonini kuzatib boradi. Shuningdek, hayvon tanasidagi oʻsimtani olib tashlash, aʼzolar transplantatsiyasi kabi murakkab operatsiyalar ham jarroh-veterinar zimmasiga yuklatilgan. Kelajakda bu kasbni egallash uchun tibbiyot sohasida oliy taʼlim, hayvonlar anatomiyasi hamda fiziologiyasi, jarrohlik, unda qoʻllaniladigan texnikalar haqida maʼlumotga ega boʻlish talab etiladi. Jonivor hayvon egasi bilan koʻproq suhbat olib borishi sababli muloqotga kirishuvchan, empatiyaga ega, doimiy zo‘riqish ostida ishlash koʻnikmasi mavjud jarroh-veterinarga talab juda yuqori. Ularga yaxshi maosh toʻlanadi va shu bilan birga masʼuliyat ham katta. Ushbu soha vakili ilmiy ish bilan shugʻullanishi va hayvonlarda oʻtkaziladigan xirurgik operatsiyasining maʼlum bir sohasida xtisoslashishi mumkin.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Jarrohlik muolajasi va texnikasi bo‘yicha tajriba;
  • Anesteziyani boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha malaka;
  • Hayvonlar anatomiya va fiziologiyasini bilish;
  • Diagnostik test natijasini sharhlash qobiliyati;
  • Farmakologiya va dori-darmonlar haqida tushuncha.

Sifatlar

  • Muloqot qilish mahorati;
  • Hayvon va ularning egasiga nisbatan hamdardlik;
  • Muammoni hal qilish ko’nikmasi;
  • Tafsilotga e’tibor berish;
  • Zo‘riqish ostida va tezkor muhitda yaxshi ishlash qobiliyati.

Majburiyatlar

  • Hayvonlarda turli xil kasallikni tashxislash va davolash
  • Jarrohlik muolajasini, shu jumladan, sterilizatsiya, o‘simtani olib tashlash, singan aʼzoni tiklash va a’zolarni transplantatsiya qilish
  • Operatsiya paytida anesteziya qilish va jarayonni kuzatish
  • Xirurgiyadan keyingi yordamni ta’minlash, shuningdek, og‘riqni boshqarish va yarani parvarishlash
  • Boshqa veterinariya mutaxassislari bilan hamkorlik qilish
  • Tibbiy qaydlarni yuritish
  • Uy hayvonlari egasi bilan davolash usuli va operatsiyadan keyingi muolaja haqida tavsiya berish
Ijobiy tomonlari
  • Hayvonlar bilan ishlash va ularning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam berish;
  • Ortopedik jarrohlik yoki onkologiya kabi veterinariya tibbiyotining ma’lum bir sohasiga ixtisoslashish;
  • Ishdan qoniqish va maqsadni his qilish imkoniyati;
  • Yaxshi daromad olish;
  • Malakali jarroh veterinarlarga talabning yuqoriligi.
Salbiy tomonlari
  • Ruhiy jihatdan qiyin ish, shu bilan birga kasal va jarohatlangan hayvonlar bilan ishlash va evtanaziya;
  • Zoonoz kasalliklarga duchor bo‘lish xavfi;
  • Jismoniy mashaqqatli kasb, tik oyoqda uzoq vaqt ishlash va hayvonlarni tez-tez ko‘tarish;
  • Favqulodda vaziyatda yuqori stress va bosim;
  • Jarroh-veterinar bo‘lish uchun talab qilinadigan ta’lim narxi va davomiyligi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Veterinariya klinikasi;
  • Hayvonlar shifoxonasi;
  • Hayvonot bog’i;
  • Hayvonlarni qutqarish markazi;
  • Veterinariya yoʻnalishidagi tibbiyot dasturlariga ega bo‘lgan universitetlar.

Foydali havolalar