Kardiolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 18 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Kardiolog — yurak bilan bogʻliq kasalliklar, xususan, yurak xuruji hamda aritmiyani tashxislash hamda davolashga ixtisoslashgan tibbiyot mutaxassisi. Kardiolog muolaja davomida angiogramma, exokardiogramma va yurak kateterini oʻz ichiga olgan usullardan foydalanadi. Shuningdek, uning vazifasiga bemorga dori-darmon buyurish, turmush tarzini oʻzgartirish borasida maslahat berish kiradi. Boʻlajak kardiolog mutaxassislardan tibbiyotning kardiologiya, anatomiya, fiziologiya, farmakologiya kabi yoʻnalishda oliy maʼlumot talab etiladi. Davolash muolajasi yuqori darajadagi aniqlikni talab etishi sababli zamonaviy tibbiyot uskunalardan togʻri foydalanish koʻnikmasi ish sifatini oshirishi mumkin. Muloqotga kirishuvchanlik yaxshi rivojlangan, liderlik hamda tezda qaror qabul qilish koʻnikmasi shakllangan insonlar bu sohada muvaffaqiyatga erishadi. Kardiologiya juda ixtisoslashgan soha boʻlgani uchun kardiologlar uzoq vaqt davomida ishlashiga toʻgʻri kelishi, stress va katta masʼuliyat ostida qolishi mumkin. Shu sababga koʻra, malakali kardiologlarga talab juda yuqori hamda kasbiy va moliyaviy tomondan davomli oʻsib borish imkoniyati mavjud.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Kardiologiya, anatomiya, fiziologiya, farmakologiya;
  • Tibbiy tasvir bo‘yicha bilimlar;
  • Tibbiy asbob-uskuna va dasturiy ta’minotdan foydalanish malakasi.

Sifatlar

  • Kirishimlilik Shaxslararo ko’nikma;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Kuchli yetakchilik va qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Hamkorlikda ishlash mahorati.

Majburiyatlar

  • Tekshiruvni o‘tkazish, tibbiy testni sharhlash;
  • Yurak bilan bog‘liq kasalliklarni tashxislash;
  • Dori-darmonlarni buyurish;
  • Muolajani bajarish va bemorlarga har tomonlama yordam ko’rsatish;
  • Boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
Ijobiy tomonlari
  • Ixtisoslashgan tibbiyot mutaxassislariga yuqori talab;
  • Martaba va ixtisoslashuv uchun imkoniyat;
  • Dardmand insonlar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyati;
  • Yuqori daromad olish imkoniyati;
  • Doimiy o‘rganish va kasbiy o’sish.
Salbiy tomonlari
  • Yuqori stress va uzoq ish soati;
  • Ruhiy zo’riqish;
  • Yuqori darajadagi mas’uliyat va javobgarlik;
  • Kerakli ta’limni yakunlash uchun katta vaqt va pul talab etilishi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Ilmiy muassasa;
  • Universitet;
  • Reabilitatsiya markazi;
  • Qariyalar uyi;
  • Davlat idoralari.

Foydali havolalar