Klinik psixolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Klinik psixolog — insonda yuz berayotgan aqliy, ruhiy va xulq-atvorga oid buzilishni baholovchi, tashxislovchi va uni davolovchi mutaxassis. Bu soha vakillaridan shaxs, oila yoki maʼlum bir guruh bilan ishlash, ularda yuz berayotgan psixologik muammoni oʻrganish, bartaraf etish va ruhiy salomatligini yaxshilashga doir amaliy yordam berish talab etiladi. Bu jarayonda klinik psixolog bemorlar bilan terapiya mashgʻulotini oʻtkazadi, davolash rejasini tuzadi va bemor varaqasini doimiy ravishda oʻzida saqlab boradi. Shuningdek, bu jarayonni uzluksiz va sifatli olib borish maqsadida u boshqa sogʻliqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlay olishi kerak. Klinik psixologlar giyohvandlik, bolalar psixologiyasi yoki neyropsixologiya kabi sohalarda ishlash imkoniyatiga ega. Buning uchun ulardan tibbiyot va aynan shu sohada oliy maʼlumot, psixologik nazariya, davolash usuli hamda metodlari, diagnostik vositalar bilan ishlay olish koʻnikmasi talab etiladi. Empatiya, sabr-toqat, qatʼiyat, koorperativ ishlash, bemorlarni tinglay olish kabi xususiyatga ega mutaxassislar bu sohada tezda oʻz oʻrinini topadi. Ish jarayoni ruhiy nosogʻlom bemorlar bilan ishlashni talab qilgani sababli ish jarayonida turli ruhiy bosimga uchrash mumkin. Ammo bu sohaga talab juda yuqori boʻlib, bunga yuqori maosh toʻlanadi.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Tadqiqot metodologiyasi;
  • Statistika va eksperimental dizayn;
  • Psixologik nazariya;
  • Diagnostika vositalari;
  • Davolash usullari.

Sifatlar

  • Empatiya;
  • Hamdardlik va bemorlarni tinglay olish;
  • Sabr-toqatli, qat’iyatli va terapiyaga moslashuvchan boʻlish;
  • Boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.

Majburiyatlar

  • Psixologik baholashni o‘tkazish;
  • Ruhiy salomatlik buzilishini tashxislash;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Bemorlarga terapiya koʻrsatish;
  • Bemor holatini qayd qilib borish.
Ijobiy tomonlari
  • Odamlarning ruhiy salomatlik va farovonligini yaxshilashga yordam berish;
  • Turli sharoitda ishlash imkoniyati;
  • Qabul rejasi va amaliyot turida moslashuvchanlik ;
  • Ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassisga boʻlgan yuqori talab;
  • Tadqiqot va ilmiy izlanish olib borish uchun imkoniyatlar.
Salbiy tomonlari
  • Ruhiy nosogʻlom bemor bilan ishlashdagi yuqori stress;
  • Maxfiylikni saqlash va axloqiy me’yor doirasida ishlash;
  • Og‘ir ruhiy muammosi bo‘lgan betob kishilar bilan ishlashning ruhan og’irligi;
  • Yuqori taʼlim va tayyorgarlikning talab etilishi;
  • Mijozlar bazasini yaratish va muvaffaqiyatli amaliyotni davom ettirishning qiyinligi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Xususiy amaliyot markazi;
  • Jamoat ruhiy salomatlik markazi;
  • Universitetlar.

Foydali havolalar