Logist (Logistik)

Boshqalar
oylik 3 000 000 – 20 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?

Umumiy maʼlumot

Logistik bu — transport oqimlarini tashkil etuvchi mutaxassis. U tovarlarni ishlab chiqarish korxonalaridan savdo nuqtalariga yetkazib berishni muvofiqlashtiradi. Logist qadoqlashdan tortib omborga yuklash va mijozga yetkazish uchun tashish usullari hamda yoʻnalishlari haqida oʻylaydi. U xavfli yoki tez buziladigan yuklarni maxsus tashishni tashkil qiladi. Ushbu soha stressga chidamli va muammolarni tez hal qila oluvchi insonlar uchun mos keladi. Logistlar ishlab chiqarish, sotuv va mahsulotlarni ayirboshlash jarayonida muhim koʻprik vazifasini bajaradi. 

Talablar

  • Oliy maʼlumot;
  • Kompyuterdan foydalanish koʻnikmalari, MS Office paketidan foydalana olish;
  • Hujjatlar bilan ishlash;
  • Soha qonunchiligi bilan tanish boʻlish;
  • Ish tajribasi;
  • Ombor va inventarizatsiya asoslarini hamda boshqarish koʻnikmalarini bilish;
  • Chet tillarini bilish.

Sifatlar

  • Ziyraklik;
  • Vaziyatlarga moslasha olish;
  • Eʼtiborlilik;
  • Yaxshi xotira;
  • Tez qaror qabul qilish;
  • Boshqaruv qobiliyati.

Majburiyatlar

Logistika jarayonida oʻziga xos kichik muammolar yoʻq emas. Bu kasb vakilining bilim darajasi faqatgina muayyan tashkilot foydasi hajmiga ta’sir oʻtkazib qolmaydi. Mahsulotlarni tashish va saqlash qoidalari buzilgan taqdirda logistlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunday muammolarning oldini olish uchun logist yuqori moslashuvchanlik xususiyatiga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, mahsulotlar harakatini optimallashtirish uchun ishlab chiqaruvchi va xaridor bilan mustahkam aloqani yoʻlga qoʻya olish, zaruriy hujjatlar hamda ma’lumot omborlari va registrlar bilan ishlash qobiliyatiga ega boʻlish kerak. Shu bilan birga, u sotuv boʻlimi bilan birgalikda buyurtmalar qabul qilishi, ularning bajarilishini nazorat qilishi lozim.

Bojxona, litsenziyalovchi va ruxsat beruvchi inspeksiya organlari bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Logistika mutaxassisi omborxona hamda transport kompaniyalari ishini tashkillashtirish hamda optimallashtirishga, shuningdek, mahsulotlar harakati uchun eng maqbul yoʻnalishlarni yaratishga qodir boʻlishi kerak.

Ijobiy tomonlari
  • Sohada oliy maʼlumotga ega boʻlmasdan ham ish boshlash imkoniyati;
  • Karyera boʻyicha rivojlanish imkoni;
  • Doimiy bir xil ish emasligi;
  • Sohaga boʻlgan katta talab;
  • Tinimsiz rivojlanish.
Salbiy tomonlari
  • Masʼuliyatli ish;
  • Jismoniy ogʻir faoliyat;
  • Stress;
  • Shartnoma buzilish holatida zararni oʻz ish haqidan toʻlash;
  • Har doim ham qulay ish joyi boʻlavermasligi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Transport kompaniyalari;
  • Bojxona tashkilotlari;
  • Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar;
  • Logistika organizatsiyalari.