Mikroxirurg

Tibbiyot
oylik 5 000 000 – 30 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Mikroxirurg bu — nozik organ (koʻz, miya kabi) yoki toʻqimalarda jarrohlik amaliyotini amalga oshiruvchi mutaxassis. Uning asosiy vazifasi, bemorni tekshirish, davolash usulini tanlash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazishdan iborat. Operatsiyadan soʻng kasalning umumiy holatini kuzatib borish ham uning zimmasiga yuklatiladi. Bu kasb egasidan yuqori darajadagi aniqlik, sabr-toqat, kuchli xotira, kuchli sezgirlik, yaxshi koʻrish qobiliyati hamda zamonaviy texnologiyadan foydalanish koʻnikmasi talab etiladi. Kelajakda bu kasb egasi boʻlish uchun sizga tibbiyot sohasida ilmiy daraja, jarrohlik sohasi borasida bir necha yillik tajriba hamda jarrohlik amaliyotidan keyin bemorni parvarish qilish jarayoni haqida bilimlar majmuasi kerak boʻladi. Xasta insonning oʻta aniqlik talab etiladigan aʼzolarida uzoq muddatli operatsiyani amalga oshirgani tufayli bu kasb mutaxassislari yuqori obroʻga hamda maoshga ega boʻladi. Bir qancha ijobiy operatsiyalardan soʻng mansab pillapoyasidan koʻtarilish istiqbollari ham mavjud. Yaqin kelajakda ham bu soha eng keraklilaridan biri boʻlib qoladi.

Talablar

  • Tibbiyot boʻyicha ilmiy daraja;
  • Jarrohlik sohasida koʻp yillik amaliy tajriba Bemor parvarishi va jarohatni davolash haqida yaxshi tushuncha.

Sifatlar

  • Murakkab muammoni hal etish va tanqidiy fikrlash qobiliyati;
  • Muloqotga kirishuvchanlik.

Majburiyatlar

  • Bemorlar bilan uchrashish va ularga eng yaxshi jarrohlik usullarini taqdim etish uchun kasallik tarixi varaqalarini koʻzdan kechirish;
  • Jarayon oldidan operatsiya bilan bogʻliq boʻlgan barcha xavf va imtiyozlarni tavsiflash;
  • Tugʻma nuqson, jarohat, kuyish bilan ogʻrigan dardmand yoki tashqi qiyofasini yaxshilashni xohlovchilar bilan maslahatlashish;
  • Xasta insonlarni jarrohlik muolajasiga tayyorlash;
  • Ogʻriq qoldiruvchi vosita, antibiotik kabi dori-darmonlarni buyurish va bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish borasida tavsiyalar berish;
  • Bemor qabuli va klinika siyosatini yangilash kabi turli xil maʼmuriy vazifani bajarish.
Ijobiy tomonlari
  • Ushbu kasb juda dolzarb va istiqbolli boʻlib, mikroxirurglar tadqiqot instituti,
    universitet va kollejlarda, shuningdek, klinik shifoxona hamda tibbiy markazlarda ishlashi mumkin;
  • Turli darajadagi tijorat va davlat tibbiy muassasalarida ularga qiziqish katta;
  • Mikrojarroh munosib ish haqini oladi, uning hajmi ixtisoslashuv, operatsiya soni va murakkabligi, tajriba, kasalxona holati va boshqa omillarga bogʻliq.
Salbiy tomonlari
  • Qoʻshimcha ish soati;
  • Yuqori bosimli ish;
  • Kuchli stress;
  • Katta taʼlim xarajati;
  • Bemorlar bilan muloqot davomida yuzaga keladigan qiyinchilik;
  • Huquqiy xavflar.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Ilmiy tadqiqot instituti;
  • Klinika;
  • Kasalxona;
  • Ixtisoslashgan tibbiyot markazi.

Foydali havolalar