Moliyaviy tahlilchi




-
Umumiy maʼlumot
-
Talab, koʻnikma va majburiyatlar
-
Ijobiy va salbiy tomonlari
-
Qayerda ishlash mumkin?
-
Foydali havolalar
Umumiy maʼlumot
Moliyaviy tahlilchi – tashkilotning moliyaviy holatini kuzatadigan mutaxassis. Uning asosiy vazifasi menejment samaradorligini baholash va daromadlarni oshirish uchun qanday tavakkalchiliklarga qo‘l urish hamda moliyaviy yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha tavsiyalar berishdir. Mutaxassis tashkilotning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tahlil qiladi (pul qayerda, uni qayerga va qanday sarflash), u yoki bu harakatlar uning umumiy moliyaviy holatiga qanday ta’sir qilishini bashorat qiladi (masalan, yangi doʻkon ochilishi nimaga olib keladi, unda qanday mahsulotlarni qaysi usulda sotish foydaliroq).
Moliyaviy tahlilchilar barcha iqtisodiy sohalarni yaxshi bilishlari, shuningdek, buxgalteriya hisobi, hattoki ba’zi huquqiy nyuanslarni ham tushunishlari kerak. Investitsiya va loyihalarning maqsadga muvofiqligini aniqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy holati va kreditga layoqatini baholash hamda moliya, kredit munosabatlari sohasidagi iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish ham moliyaviy tahlilchi faoliyatining bir qismi hisoblanadi.
Bu kasb introvert insonlar uchun koʻproq mos keladi. Muloqot koʻnikmalari ham kerak boʻlsa-da, tez-tez va uzoq muddatli suhbatlarda faol boʻlish, jamoaviy faoliyatlarda qatnashish, ijtimoiy faol boʻlish talab qilinmaydi.
Moliyaviy tahlil sohasi 2022-yilda moliyaning eng talabgir yoʻnalishi hisoblangan. So‘nggi o‘n yillikda moliyaviy tahlilchilarga boʻlgan talab 30 foizga o‘sgan. Moliya sanoati talab va taklifning asosiy qoidalari asosida ishlagani sababli malakali moliyaviy tahlilchiga ehtiyoj har qachongidan ham koʻproq.
Talablar
- Oliy maʼlumot (matematika, matematik statistika sohalarida);
- Matematik statistika metodlari, maʼlumotlarni tahlil qilish algoritmi va matematik modellashtirishni bilish;
- Ingliz tilini bilish.
Sifatlar
- Tahliliy fikrlash;
- Tanqidiy fikrlash;
- Eʼtiborli boʻlish;
- Masʼuliyat;
- Kommunikativ qobiliyatlar;
- Jamoada ishlash qobiliyati;
- Stressga chidamlilik;
- Davomiy oʻrganishga boʻlgan qobiliyat.
Majburiyatlar
- Investitsion qarorlar qabul qilish maqsadida kompaniyaning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish;
- Investitsion risklarni aniqlash maqsadida tovar va xizmat narxlarini analiz qilish;
- Moliyalashtirish vaqti haqida maslahat;
- Kompaniya uchun investitsiyalar xarid qilish;
- Kelajakdagi daromad va xarajatlarni hisoblash uchun kompaniya faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
- Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;
- Moliyaviy maslahat.

- Mehnat bozorida talabga ega boʻlgan zamonaviy va barqaror kasb;
- Yuqori daromad koʻrish imkoniyati;
- Qiziqarli va faol ish jarayoni;
- Malakani oshirish va oʻz ustida ishlash uchun keng imkoniyatlar.

- Jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy vositalari bilan ishlashdagi yuqori masʼuliyat;
- Doimiy aqliy mehnat, diqqatni jamlash va eʼtiborlilik zaruriyati;
- Stressli holatlar;
- Rejalashtirilmagan ish grafigi;
- Sonlar bilan doimiy ishlash kerakligi.
Qayerda ishlash mumkin ?
- Banklar;
- Investitsion banklar;
- Sugʻurta kompaniyalar;
- Investitsion fondlar;
- Nafaqaviy kompaniyalar;
- Venchur fondlar;
- Brokerlik kompaniyalari.