Mulkni baholash bo‘yicha ekspert

Koʻchmas mulk
oylik 4 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Mulk qiymatini baholovchi ekspert bu — koʻchar (ashyolar) va koʻchmas (uy-joy, inshoot kabi) mulk, yer, biznes ulushi, aksiya paketi, mulkka oid huquq hamda nomoddiy aktivlar qiymatini aniqlashga doir faoliyatni olib boruvchi mutaxassis. Shu bilan birgalikda, kompaniya faoliyati davomida sugʻurta, aksiya bozori, investitsiya hamda mulkka oid masala yuzasidan vujudga keladigan munosabatlar mulk qiymatini baholovchi ekspertlar zimmasiga yuklatiladi. Kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlik muzokarasida qatnashish va toʻplangan hujjatlarni tahlil qilish bu sohadagi eng ustuvor vazifa hisoblangani uchun ekstrovert va analitik qobiliyatga ega insonlar tezda muvaffaqiyatga erishadi. Bugungi kundagi bozor raqobatini hisobga oladigan boʻlsak, bunday kasb egalariga talab juda yuqori boʻlib, yaxshi haq toʻlanadi. Agarda siz matematika, iqtisodiyot va davlat huquqi asoslari kabi yoʻnalishlarda yetarlicha malakaga ega boʻlsangiz, bu sohada oʻzingizni sinab koʻrishingiz mumkin.

Talablar

  • Bozor faoliyatining umumiy tamoyillarini tushunish;
  • Profil muhitining oʻziga xos xususiyatlarini bilish (koʻchmas mulk, qimmatli qogʻoz, zargarlik buyumi va boshqalar);
  • Ekspert baholash hujjatlarining dizayni oʻziga xosliklaridan xabardor boʻlish;
  • Umumiy qonun, shuningdek, maʼmuriy, mulk, savdo, soliq va sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bilish.

Sifatlar

  • Hushyor;
  • Stressga bardoshli;
  • Mehnatga layoqatli;
  • Masʼuliyatli;
  • Muloqotga kirishuvchan;
  • Tartibli.

Majburiyatlar

  • Baholash faoliyatini amalga oshiradi;
  • Fuqarolik huquqini baholash xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi;
  • Fuqarolik huquqi obyektlarini baholash boʻyicha ishlarni amalga oshirish maqsadida mijozlar bilan biznes aloqalarni oʻrnatadi va muzokara olib boradi;
  • Belgilangan shaklda shartnoma tuzadi va rasmiylashtiradi;
  • Bajarilgan ishlar bo‘yicha yozma hisobot tayyorlaydi va o‘z vaqtida buyurtmachiga taqdim etadi;
  • Hisobotda dastlabki maʼlumot va obyektni baholash natijasini toʻliq va aniq talqin qiladi;
  • Oʻzi tomonidan tuzilgan baholash hisobotining uch yil davomida saqlanishini taʼminlaydi;
  • Huquqni muhofaza qilish organlari talab qilganda, oʻzining baholash hisobotidan ma’lumotni taqdim etadi;
  • Buyurtmachiga baholash faoliyati toʻgʻrisida amaldagi qonun hujjatlari va fuqarolik huquqlari obyektlarini baholashda qoʻllaniladigan boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar boʻyicha maslahat berish;
  • Ushbu faoliyat uchun zarur boʻlgan axborot bazasini yaratish uchun manbalarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
  • Mulk komplekslari mohiyatini belgilash uchun barcha maʼlum usullardan foydalanadi.
Ijobiy tomonlari
  • Talab;
  • Obroʻli kasb;
  • Malakali mutaxassisning yuqori maoshi;
  • Xilma-xillik;
  • Oʻz-oʻzini isloh qilish.
Salbiy tomonlari
  • Baholash natijasi uchun katta javobgarlik;
  • Salbiy obroʻ va javobgarlikka tahdid soluvchi xato baholash xavfi;
  • Talablar juda koʻp.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Sugʻurta tashkilotlari;
  • Autsorsing kompaniyalari;
  • Bank;
  • Mulkni baholash kompaniyalari.

Foydali havolalar