Nanoinjener




-
Umumiy maʼlumot
-
Talab, koʻnikma va majburiyatlar
-
Ijobiy va salbiy tomonlari
-
Qayerda ishlash mumkin?
-
Foydali havolalar
Top kategoriyalar
Umumiy maʼlumot
Nanoinjener — fizika, kimyo, matematika sohalarida fundamental tadqiqotlar oʻtkazadigan mutaxassis. Ular noodatiy xususiyatga ega, hayotda tasavvur etish qiyin boʻlgan tajribalar bilan shugʻullanadi. Nanotexnologiya mikrotoʻlqin fizikasiga hamda kvant mexanikasiga aloqador boʻlgan soha hisoblanib, nanoinjenerlar mutlaqo yangi boʻlgan obyektlarni ishlab chiqish, tadqiq qilish va ulardan foydalanish imkonini yaratadi. Ularning zimmasiga nanomaterialdan foydalangan holda mavjud texnologiyani takomallashtirish va uni targʻib etish vazifasi ham yuklanadi. Nanotexnologiya jamiyat uchun eng kerakli soha hisoblangani tufayli davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Nanoinjenerlarga yaxshi haq toʻlanadi hamda doimiy ravishda bilim koʻnikmasini rivojlantirishga sharoit beriladi. Bu kasbni egallash uchun sizdan matematika, fizika, chet tili, kimyo va komyuter savodxonligida bilim va koʻnikma talab etiladi. Shuningdek, ulardan oʻta aniqlik talab etilgani uchun introvert, sabrli, diqqatli, tahliliy fikrlovchi va oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashuvchi insonlar mazkur yoʻnalishda tezda oʻz oʻrnini topadi. Ishning dastlabki yillarida daromad past boʻlishiga qaramay, natijaga qarab ish haqi koʻtariladi. Nanotexnologiya jamiyat va sanoatning barcha sohalarida qoʻllangani uchun ham u kelajak kasblaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Talablar
- Kompyuter savodxonligi;
- Matematik qobiliyat;
- Ilmiy koʻnikma;
- Resurslarni boshqarish layoqati.
Sifatlar
- Detallarga eʼtiborlilik;
- Tahliliy fikrlash;
- Ijodkorlik;
- Tadqiqot qila olish.
Majburiyatlar
- Nanotizim hamda qurilmalardagi muammo yoki zaif tomonlarni aniqlash va ularni hal qilish uchun nanotexnologiyadan foydalanish;
- Bir qator aniq texnologiya va usullarni ishlatgan holda nanomaterial va mikroskopik zarralarni qayta ishlash, sintez qilish va tahlil qilish;
- Sifatli mahsulotni ishlab chiqish, shuningdek, nanotizimni yaxshilash uchun boshqa olim, muhandis, shifokor, texnik va sanoat mutaxassislari bilan hamkorlik qilish;
- Nanotexnologiya va aloqador fanlar boʻyicha tadqiqot olib borish;
- Prototiplarni tuzish hamda sifatni taʼminlovchi testlarni oʻtkazish;
- Boshqa texnik xodim, muhandis, tahlilchi yoki olimlarga maslahat berish, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, nazorat qilish;
- Yakuniy mahsulotning yuqori aniqlikdagi tasvirlarini yaratish uchun dasturiy taʼminotdan foydalanish va murakkab hisob-kitobni amalga oshirish;
- Mavjud nanotexnologiyalarni biologik parchalaydigan, energiyani tejaydigan hamda kamroq zararli boʻlishini takomillashtirish;
- Oʻz yoʻnalishidagi soʻnggi yutuqlardan xabardor boʻlish, hisobot yozish va tegishli manfaatdor tomonga natijani taqdim etish.

- Prognozga koʻra, nanotexnologiya bilan bogʻliq barcha mutaxassislik talabga ega boʻladi. Nanotexnologiya barcha sohalarni qamrab olishi aniq: mashinasozlik, kosmik texnologiyalar, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boshqalar. Uni rivojlantirishda katta yutuqqa erishgan mamlakatni “dunyo rahbari” lavozimi kutmoqda deb ishoniladi.

- Faoliyat oʻtirgan holda ishlashni talab qiladi;
- Birinchi 12 yilda kam daromad;
- Komandirovka va noodatiy ish vaqti.
Qayerda ishlash mumkin ?
- Tibbiy laboratoriya;
- Innovatsion markaz;
- Tadqiqot kompaniyalari;
- Farmatsevtik tashkilotlar.