Nanotexnolog

Ilm-fan
oylik 6 000 000 – 20 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Nanotexnolog bu – nanotexnologiya boʻyicha mutaxassis, materiallarning molekulyar va atom darajasini oʻrganadigan va nanoskal oʻlchamlari boʻlgan qismlardan obyektlarni yaratadigan olim. Uning uchun atomlar bu yangi materiallarni yasovchi gʻishtdir. Kichik zarralardan yangi materiallar yaratish, molekulyar darajada tadqiqot oʻtkazish nanotexnologning vazifasiga kiradi. U laboratoriya tadqiqotlarini olib boradi, eksperimentlar oʻtkazadi, ularning natijalarini hujjatlashtiradi, tahlil va bashorat qiladi.

Nanotexnologlar aniq belgilangan atom tuzilishiga ega yangi materiallarni yaratadilar. Nanotexnologiya yoʻnalishi fan va texnologiyaning fundamental va amaliy sohalari birlashmasidagi fanlararo sohani qamrab oladi. Oxirgi paytlarda ushbu yoʻnalish dolzarb boʻlib qoldi, chunki nanotexnologiya bugungi kunda materiya tarkibiga eng chuqur kiradigan sohadir. Bu sifat jihatdan aniqlikning yangi darajasi. Alohida atomlarni tadqiq qilish darajasida nanomateriallarni yaratish prinsipi, kimyoviy reaksiyalarni oʻz ichiga olgan anʼanaviy usullar bilan erishib boʻlmaydigan xususiyatlarni olish imkonini beradi, bunda milliardlab atomlardan iborat moddaning qismlari qatnashadi.

Talablar

  • Zamonaviy jihozlardan foydalanish koʻnikmalari;
  • Ingliz tilini bilish;
  • Aniq fanlar boʻyicha oliy maʼlumot;
  • Kompyuterdan foydalanish.

Majburiyatlar

  • Mavhum fikrlash mavjudligi;
  • Sabr;
  • Jasoratlilik;
  • Ishga oʻzini bagʻishlash;
  • Gipotezalarni tuzish, nostandart jumlalarni ilgari surish qobiliyati.
Ijobiy tomonlari
  • Qiziqarli kasb;
  • Istiqbol;
  • Talab;
  • Martabada tez yuksalish imkoni;
  • Kelajak fani;
  • Yuqori ish haqi;
  • Boʻsh ish oʻrinlari koʻpligi;
  • Keng martaba imkoniyatlari;
  • Chet elda ishlash imkoniyatlari.
Salbiy tomonlari
  • Nofaol ishlash tarzi;
  • Bitirganidan keyingi dastlabki 12 yil ish haqining kamligi;
  • Nostandart ish vaqti va xizmat safarlari.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Ishlab chiqarish kompaniyasi;
  • Tadqiqot markazi;
  • Laboratoriya;
  • Loyiha kompaniyalari.

Foydali havolalar