Nevrolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Nevrolog — asab tizimi, jumladan, miya, orqa miya va nerv bilan bogʻliq kasallikka tashxis qoʻyish, davolash va tiklanish jarayonini kuzatib borish bilan shugʻullanuvchi mutaxassis. Shuningdek, bu kasb egalari parkinson kasalligi, skleroz va orqa miya yarim falaji kabi harakatlanishni cheklovchi xastalikka uchragan bemorlarga ham yordam beradi. Ushbu kasallikni aniqlash uchun bemordagi alomatni oʻrganadi, tekshiruv oʻtkazadi hamda test natijasiga koʻra dori-darmon buyurishi yoki boshqa tibbiyot mutaxassisiga yoʻllanma berishi mumkin. Yuqoridagi vazifani bajarish uchun ulardan boshqa tibbiyot shifokorlari bilan yaqin hamkorlik, muloqotga ochiqlik, yetakchilik va tezkor qaror qabul qilish qobilayati kabi shaxsiy koʻnikma talab etiladi. Nevrologiya kasbini egallash uchun tibbiyotning aynan shu sohasi boʻyicha oliy taʼlim, inson anatomiya, fiziologiya hamda farmakologiyasi boʻyicha bilim, tasviriy tadqiqotni tahlil qilish qobiliyati kerak boʻladi. Nevrologiya kuchli stress, uzoq va tartibsiz ish soati hamda yuqori masʼuliyat talab etiladigan soha hisoblanadi, ammo malakali nevrologlarga xususiy va davlat shifoxonalarida talab yuqori boʻlib, yaxshi haq taklif etiladi.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Anatomiya, fiziologiya, farmakologiya bo‘yicha bilim;
  • Tibbiy tasvirni sharhlash va nevrologik imtihonni o’tkazish;
  • Turli nevrologik kasallikka davo chorasi va dori-darmonlar xususiyatini bilish.

Sifatlar

  • Kirishimlilik;
  • Tanqidiy fikrlash;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Kuchli yetakchilik va qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Hamkorlikda ishlash ko’nikmasi.

Majburiyatlar

  • Nevrologik kasallikka chalingan bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash;
  • Bemorlar parvarishini nazorat qilish;
  • Muolaja rejasini ishlab chiqish;
  • Tadqiqot o‘tkazish, tibbiyot talaba va rezidentlariga dars berish.
Ijobiy tomonlari
  • Bemorlar hayotini o‘zgartirish imkoniyati;
  • Sohada tadqiqot qilish va yutuqqa erishish uchun sharoit;
  • Yuqori daromad;
  • Talabning oshib borayotgani.
Salbiy tomonlari
  • Jiddiy kasallik yoki jarohati bo‘lgan bemorlar bilan ishlashning ruhiy taʼsiri;
  • Uzoq ish soati va tartibsiz jadval;
  • Tibbiy ta’lim va malaka oshirishning qimmatligi;
  • Nojo‘ya oqibat uchun sudlanish ehtimoli;
  • Tez rivojlanayotgan tibbiy bilim va texnologiyadan xabardor bo‘lish zarurati.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Ilmiy muassasa;
  • Universitet;
  • Reabilitatsiya markazi;
  • Qariyalar uyi;
  • Davlat idoralari.

Foydali havolalar