Neyrojarroh

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Neyroxirurg — asab tizimi, miya, orqa miya va nerv bilan bogʻliq kasallikni jarrohlik yoʻli bilan davolovchi mutaxassis. Ular miyadagi shishni olib tashlash, orqa miya ochiq hamda yopiq jarohatini tuzatish, orqa miya epilepsiyasi va boshqa miya bilan bogʻliq xastalikni davolash uchun murakkab operatsiyani amalga oshiradi. Neyroxirurg nevrolog, rentgenolog va onkologlar kabi boshqa soha mutaxassislari bilan bemorlarni tashxislash va davolash rejasini ishlab chiqarish uchun keng qamrovli hamkorlik qiladi. Shu sababli muloqotga kirishuvchan, kuchli empatiyaga ega, vaqtni toʻgʻri taqsimlovchi hamda tafsilotga diqqatli neyroxirurglar tezda muvaffaqiyatga erishadi. Bu kasbni egallash uchun tibbiyotning ushbu sohasi boʻyicha oliy maʼlumot, anatomiya, fiziologiya, farmakologiya hamda nevrologiya, xususan, mikroxirurgiya usullari boʻyicha bilim talab etiladi. Malakali neyrojarroh xususiy hamda davlat tibbiyot muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlarida ishlash imkoniyatiga ega boʻlib, ularga yuqori ish haqi toʻlanadi. Bugungi kunda texnologiya rivojlanishi va uning inson miyasiga salbiy taʼsiri sababli ushbu kasb vakillariga talab oshib bormoqda.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Anatomiya, fiziologiya, farmakologiya va nevrologiya haqida bilim;
  • Mikrojarrohlik usullari bo‘yicha ko’nikma;
  • Turli nevrologik kasallik uchun davo chorasi va dori-darmon haqida tushuncha.

Sifatlar

  • Muloqotga kirishuvchanlik;
  • Tafsilotga diqqat qilish;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Kuchli yetakchilik va qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.

Majburiyatlar

  • Asab tizimiga ta’sir qiluvchi kasallikni davolash;
  • Murakkab operatsiyani oʻtkazish;
  • Bemorlarni parvarish qilish, jumladan, jarrohlik rejasini ishlab chiqish;
  • Dori-darmon buyurish va dardmandlar rivojini kuzatish;
  • Tadqiqot o‘tkazish, tibbiyot talaba va rezidentlarini o’qitish.
Ijobiy tomonlari
  • Bemorlar hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
  • Sohada tadqiqot qilish va yutuqqa erishish mumkinligi;
  • Yuqori daromad;
  • Talabning oshib borayotgani.
Salbiy tomonlari
  • Jiddiy shikastlangan bemorlar bilan ishlashning ruhiy ta’siri;
  • Uzoq ish soati va tartibsiz jadval;
  • Tibbiy ta’lim va malaka oshirishning qimmatligi;
  • Jarrohlik muolajasidagi asorat, o‘limning yuqori xavfi uchun sudlanish ehtimoli;
  • Tez rivojlanayotgan tibbiy bilim va texnologiyadan xabardor bo‘lish zarurati.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Tez tibbiy yordam xizmati;
  • Reabilitatsiya markazlari.

Foydali havolalar