Onkolog

Tibbiyot
oylik 6 000 000 – 9 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Onkolog — barcha turdagi oʻsma, xususan, saraton kasalligiga tashxis qoʻyish, davolash va muolajadan keyingi qayta tiklanish jarayonini amalga oshiruvchi mutaxassis. Bu soha vakilidan tibbiyot bilan birgalikda kuchli empatiya ham talab qilinadi, chunki kasallik davrida nafaqat bemorga, balki uning yaqinlariga ham ruhiy yordam koʻrsatishi zarur. Onkologlarning ish vaqti uzoq davom etishi, turli stress va asabiy zoʻriqishdan iborat boʻlishi mumkin. Ammo ularning inson sogʻligʻiga qoʻshayotgan hissasi beqiyos. Kelajakda bu kasbni egallamoqchi boʻlgan insondan tibbiyot va ixtisoslashgan soha boʻyicha oliy taʼlim, bemolar bilan ishlash tajribasi, tibbiyot jihozlarini ishlatish koʻnikmasi, kimyoterapiya va radiatsiya muolajasini olib borish boʻyicha bilim talab etiladi. Onkologiya yuqori maosh toʻlanadigan soha boʻlib, barqaror ish bilan birgalikda, mutaxassislik boʻyicha izlanish qilishga ham imkoniyat yaratadi.

Talablar

  • Sohadagi oliy maʼlumot;
  • Tajriba;
  • Tibbiy jihozlar bilan ishlash ko’nikmasi.

Sifatlar

  • Kirishimlilik;
  • Hamdardlik;
  • Qiyin vaziyatda ishlay olish.

Majburiyatlar

  • Bemorning kasallik tarixini ko‘rib chiqish;
  • Diagnostik testlarni o‘tkazish va tahlil qilish;
  • Davolash jarayonini tashkillashtirish;
  • Kimyoterapiya yoki radiatsiyani boshqarish;
  • Davolanish jarayonini kuzatish;
  • Bemor va uning oilasini qo‘llab-quvvatlash.
Ijobiy tomonlari
  • Insonlar hayotini saqlab qolish yoki uzaytirish;
  • Barqaror ish;
  • Kasbiy va shaxsiy tomonlama o’sish;
  • Raqobatbardosh ish haqi.
Salbiy tomonlari
  • Ruhiy tomondan zoʻriqish;
  • Ish vaqti va yuklamaning ko’pligi;
  • Yuqori javobgarlik;
  • Cheklangan davolash imkoniyati.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Saraton kasalligini davolash markazi;
  • Ilmiy muassasalar.

Foydali havolalar