Otorinolaringolog (LOR)

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Otorinolaringolog (LOR) — quloq, burun, tomoq, bosh va boʻyin sohasida kelib chiqadigan kasallikni tashxislash, davolash va tiklanish jarayonini kuzatib borishga qaratilgan faoliyatni olib boruvchi mutaxassis. Ular yosh toifasidan qatʼi nazar bemorlarni qabul qiladi. Insonlarda koʻp uchrovchi quloq infeksiyasi, eshitish qobilayati buzilishi yoki yoʻqolishi, sinusit, allergiya, uyqu apnoesi, bosh va boʻyin saratoni kabi jiddiy kasallikni davolaydi. Shuningdek, tonzillektomiya, koxlear implantatsiyasi va rekonstruktiv jarrohlik amaliyotini ham oʻtkazadi. Ushbu sohani egallash uchun tibbiyot sohasida oliy maʼlumot, inson anatomiyasi, fiziologiyasi hamda tibbiy diagnostika boʻyicha tibbiy bilimga ega boʻlish, davolash va jarrohlikning turli usullaridan xabardor boʻlish, endoskop va eshitish apparatlari kabi tibbiy asbobdan foydalanish tajribasi talab etiladi. Kirishuvchanlik, muammoni hal etish, tanqidiy fikrlash hamda bosim ostida ishlay olish qobiliyati otorinolaringolog uchun kerak boʻladigan fazilatdir. Bu kasbni egallash jarayonida litsenziya va sertifikat olish bilan bogʻliq qiyinchilikka duch kelish, ish vaqti va yuklamaning koʻpligi sababli stress va yuqori masʼuliyatni boshdan kechirish mumkin. Shunga qaramay, malakali mutaxassislarga davlat va xususiy sektorda talab yuqori boʻlib, yaxshi haq toʻlanadi.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Anatomiya va fiziologiya, tibbiy diagnostika haqida bilim;
  • Davolash, jarrohlik usullarini bilish;
  • Endoskop va eshitish apparatlari kabi tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish.

Sifatlar

  • Kirishimlilik;
  • Shaxslararo munosabat;
  • Muammoni hal qilish;
  • Tanqidiy fikrlash;
  • Bosim ostida yaxshi ishlay olish.

Majburiyatlar

Otorinolaringolog mutaxassisining majburiyatlari tibbiy baholash va diagnostika testini o‘tkazish, dori-darmon buyurish, bemorlarga ma’lumot va maslahat berish, davolash rejasini ishlab chiqish hamda jarrohlik muolajasini o‘tkazishni o‘z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, ular o‘z bemorlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun audiolog, nutq terapevti va onkologlar kabi boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Ijobiy tomonlari
  • Bemorlarning eshitish, nafas olish va umumiy sog‘ligiga ijobiy ta’sir qilish;
  • Keng ko‘lamli tibbiy va jarrohlik muolajasini amalga oshirish;
  • Turli xil sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlash;
  • Boshqa sog‘liqni saqlash shifokorlari bilan hamkorlik qilish.
Salbiy tomonlari
  • Litsenziya va sertifikat olish uchun zarur bo‘lgan keng qamrovli ta’lim;
  • Yuqori darajadagi stress va mas’uliyat;
  • Bemorni parvarish qilish talabiga oid ma’muriy vazifa va hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Ish vaqti va yuklamaning ko’pligi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Klinika;
  • Xususiy amaliyot muassasasi;
  • Akademik tibbiyot markazlari.

Foydali havolalar