Psixoterapevt

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 10 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Psixoterapevt — ruhiy xastaliklarni yengish, umumiy holatni yaxshilash va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolarga yechim topuvchi, shaxslar, juftliklar hamda oilalar bilan ishlovchi mutaxassis. U shaxsdagi muammoni oʻrganadi, davolash rejasini ishlab chiqadi, maslahat beradi, terapiya muolajalarini oʻtkazadi hamda tiklanish jarayonini kuzatib boradi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kognitiv xulq-atvor terapiyasi, nutq terapiyasi va psixoanaliz kabi texnikalardan foydalanadi. Kelajakda psixoterapevt sohasida faoliyat olib borish uchun tibbiyot sohasida oliy taʼlim, diagnostik vositalar va ulardan foydalanish koʻnikmasi, shuningdek, psixologik nazariya hamda usullari haqida bilim talab etiladi. Ish jarayonida yuzaga keladigan stress, hissiy tanglik hamda tigʻiz ish vaqti kabi muammolarni bartaraf etish uchun diqqat bilan tinglash, shaxslararo munosabat, empatiya kabi shaxsiy koʻnikmalar kerak boʻladi. Ushbu soha yaxshi haq toʻlanadigan soha boʻlib, xususiy va davlat tibbiyot muassasalari, maktablar va bogʻchalarda faoliyat olib borish imkoni mavjud.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Psixologik nazariya va usullarni bilish;
  • Baholash vositalari va diagnostika mezonlari bilan tanishish;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish qobiliyati.

Sifatlar

  • Empatiya Diqqat bilan tinglash;
  • Muloqotga kirishuvchanlik;
  • Shaxslararo munosabat.

Majburiyatlar

  • Baholashni o’tkazish;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Mijozlarga maslahat berish;
  • Terapiya muolajasini o’tkazish;
  • Qaydlarni yuritish;
  • Boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlik qilish;
  • Sohadagi so‘nggi tadqiqot va ilg‘or tajribalardan xabardor bo’lish.
Ijobiy tomonlari
  • Odamlarning ruhiy salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam berish imkoniyati;
  • Turli xil sharoitda ishlash qobiliyati;
  • Ishdan qoniqish darajasining yuqoriligi;
  • Kasbiy o‘sish va ko‘tarilish imkoniyati;
  • Ish vaqtining moslashuvchanligi.
Salbiy tomonlari
  • Hissiy jihatdan stressli ish;
  • Uzoq ish soati va hujjatbozlik;
  • Yuqori darajadagi ta’lim va tayyorgarlikni talab qilinishi;
  • Katta hissiy tanglik yoki travmani boshdan kechirayotgan mijozlar bilan ishlashdagi qiyinchilik.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Xususiy amaliyot muassasasi;
  • Shifoxona;
  • Klinika;
  • Maktab;
  • Davlat idoralari.

Foydali havolalar