Revmatolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 10 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?

Umumiy maʼlumot

Revmatolog — boʻgʻim, mushak hamda suyakka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi kasalliklarni tashxislash va davolashga ixtisoslashgan mutaxassis. Ushbu kasb egasidan artrit, qizil yugurik (qizil volchanka) va osteoporoz kabi kasalliklarni davolash, muolaja jarayonida dori-darmon, jismoniy terapiya va jarrohlik kabi usullardan foydalanish talab etiladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun, jumladan, bemorga yuqori aniqlikdagi tashxis qoʻyish uchun boshqa tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash koʻnikmasi mavjud boʻlishi kerak. Boʻlajak revmatologlardan tibbiyot sohasida oliy taʼlim, revmatik kasalliklar haqida chuqur bilim hamda radiologiya-laboratoriya testlarini tahlil qilish kabi umumiy, kuchli empatiya, bemorlarga hamdardlik, jamoaviy ishlash, tezkor qaror qabul qilish hamda masʼuliyatlilik kabi shaxsiy sifat talab etiladi. Ushbu kasb yuqori maosh, imtiyoz, kasbdan mamnunlik hissi, shuningdek, moslashuvchan ish jadvalini taklif etadi. Stressga chidamli, bemorlar bilan istalgan vaqtda ishlashga tayyor turadigan hamda katta ish hajmidan xavfsiramaydigan revmatologlar xususiy va davlat tibbiyot muassasasi hamda diagnostik markazlarda faoliyat olib borishi mumkin.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Revmatik kasallik haqida tushuncha va uni tashxislash;
  • Revmatik xastalikni tashxislashda qo‘llaniladigan radiologiya va laboratoriya testlari haqida ma’lumot.

Sifatlar

  • Kuchli muloqot ko’nikmasi;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Jamoaning bir qismi sifatida ishlash.

Majburiyatlar

  • Tana tekshiruvini o’tkazish;
  • Diagnostik testni tayinlash va sharhlash;
  • Dori-darmonlarni buyurish;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Kerak bo‘lganda bemorlarni boshqa mutaxassislarga yuborish.
Ijobiy tomonlari
  • Bemorlarga surunkali dardni nazorat qilish va yengishda yordam berish imkoniyati;
  • Oʻz ishidan qoniqish;
  • Yaxshi maosh va imtiyozlar;
  • Tadqiqot va uzluksiz ta’lim uchun sharoit;
  • Moslashuvchan ish soati.
Salbiy tomonlari
  • Katta hajmdagi ta’lim va tayyorgarlik;
  • Uzoq ish soati;
  • Istalgan payt bemorlardan qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi;
  • Surunkali xastalikka chalingan bemorlar bilan ishlashning hissiy jihatdan qiyinligi;
  • To‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash muhimligi ortidan keladigan stress.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Tibbiy klinika;
  • Xususiy amaliyot muassasalari.