SEO mutaxassisi

IT
oylik 4 000 000 – 20 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

SEO mutaxassisi bu — foydalanuvchi soʻrovi natijasiga koʻra saytlarning qidiruv tizimini soʻrov uchun optimallashtiruvchi shaxs. Veb saytni samarali optimallashtirish, internetda veb resursni targʻib qilish SEO mutaxassisiga yuklatilgan vazifa boʻlib, bu jarayonni amalga oshirish uchun sayt mavzusini tushunish va chuqur tahlil qilish kerak. Shuningdek, u har bir qidiruv tizimiga individual optimallashtirish xususiyatini yoʻlga qoʻyishi lozim. Kelajakda bu sohani egallamoqchi boʻlsangiz, eng avvalo veb dastur yoʻnalishida mukammal bilimga ega boʻlishingiz kerak. HTML, CSS, XML kabi dasturlash tilida ishlay olishingiz, ingliz va rus tillari grammatikasi hamda stilistikasidan voqif boʻlishingiz zarur. Qatʼiyatlilik, keng dunyoqarash, psixologiya doirasida bilim, mantiqiy fikrlash, kreativlik hamda masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishda qoʻrqmaslik — mazkur soha uchun eng kerakli fazilat hisoblanadi. Mutaxassisligida yetuk bilimga ega boʻlgan “seoshnik” larga doimo talab katta va ularga yuqori maosh taklif qilinadi.

Talablar

  • Saytni ichki optimallashtirish, kalit iboralarni tanlash, matn yozish va optimallash qoidalari;
  • Sayt strukturasini tashkil qilish usullari;
  • Optimal veb sayt spetsifikatsiyalari;
  • Veb saytni reklama qilish vositalari;
  • Dasturlash asoslari;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda veb saytlarni ilgari surish usullari;
  • Kontekstli reklama bilan ishlash;
  • HTML va CSS.

Sifatlar

  • Qatʼiyatlilik;
  • Ishni rejalashtirish qobiliyati;
  • Keng dunyoqarash;
  • Masʼuliyat;
  • Tashkilotchilik;
  • Maqsadlilik;
  • Yaxshi mantiqiy fikrlash;
  • Turli auditoriyaga yondashuvni topish;
  • Aholining turli qatlami psixologiyasini tushunish,

Majburiyatlar

  • Muvaffaqiyatli loyihalar, jumladan, elektron tijorat namunalari;
  • Kalit soʻzlarni tanlash va kengaytirilgan semantik “yadro” ni tuzish;
  • A dan Z gacha ichki veb saytni optimallashtirish;
  • Kompilyatsiya va amalga oshirilishini tekshirish: sarlavha, kalit soʻz, tavsif;
  • Reklama loyihalari bilan ishlash uchun dasturiy taʼminot va xizmatlarni bilish;
  • Google Analytics sertifikati;
  • Qidiruv tizimi algoritmi va ular qanday ishlashini bilish;
  • Sayt tuzilishini optimallashtirish;
  • Foydalanish tamoyillarini tushunish;
  • Asosiy CMS bilan tajriba – Joomla, ModX, WordPress.
Ijobiy tomonlari
  • Veb saytlarni reklama qilishda avtomatlashtirish tizimi odamning ijodiy yondashuvi bilan muvaffaqiyatli raqobatlashadi. Biroq qidiruv algoritmini yangilash munosabati bilan “oʻyin qoidalari” ga muntazam ravishda oʻzgartirish, yangi samarali strategiya va optimallashtirish taktikasini ishlab chiqishga qodir boʻlgan mutaxassislarning doimiy, ongli aralashuvi talab qilinadi. Kelajakda internet resurs formatini yangilash ishning “insoniy” qismini murakkablashtirishi mumkinligini hisobga olib, SEO mutaxassisi kasbini juda istiqbolli deb atash mumkin.
Salbiy tomonlari
  • Muntazam ish, koʻp harakat avtomatlashtiriladi;
  • SEO xizmati bozoridagi katta raqobat;
  • Doimo SEO yangiliklaridan xabardor boʻlish zarurati;
  • Mijozning veb sayti uchun katta masʼuliyat;
  • Koʻp vaqt oʻtirgan holda ishlashni talab etadi;
  • Yaxshi natijaga erishish uchun ishga toʻliq shoʻngʻish kerak;
  • Frilanserlikda esa katta iroda, vaqt meʼyoriga boʻlgan tartib lozim boʻladi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • SEO kompaniyalari;
  • Frilans;
  • Dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi tashkilotlar;
  • Texnologik kompaniyalar ;
  • Marketing agentliklari.

Foydali havolalar