Stomatolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 20 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Stomatolog — ogʻiz boʻshligʻi, tish va milk bilan bogʻliq kasalliklar, shuningdek, ogʻiz saratoni bilan ogʻrigan bemorlarda tashxis qoʻyish va davolash amaliyotini bajaradigan mutaxassis. U tishlarni tozalash, oqartish hamda ortodontiya kabi kosmetik muolajani ham amalga oshiradi. Stomatologlar umumiy stomatologiya, endodontiya, parodontoz yoki protezlash kabi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin. Ushbu kasbni egallash uchun tibbiyot sohasida oliy taʼlim, stomatologiya texnologiyasi va jihozlari boʻyicha, tish anatomiyasi va ogʻiz boʻshligʻi haqida bilimga ega boʻlish talab etiladi. Muloqotga ochiqlik, bemorlarga hamdardlik, kuchli yetakchilik hamda tez qaror qabul qilish qobiliyati ushbu sohada kerak boʻladigan shaxsiy koʻnikma hisoblanadi. Stomotologlar stress, ish vaqtining uzoqligi va yuqumli infeksiyadan zararlanish xavfi kabi qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Shunga qaramay, bu soha yuqori daromadli kasblardan biri boʻlib, davlat va xususiy shifoxonalarda ishlash imkoniyati mavjud.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Tish anatomiyasi va og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi haqida tushuncha;
  • Diagnostik test va jarayon bo‘yicha tajriba;
  • Stomatologiya texnologiya va jihozlari bilan ishlashdagi malaka;
  • Stomatologik material va davolash usullarini tushunish.

Sifatlar

  • Kirishimlilik;
  • Shaxslararo ko’nikma;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Kuchli yetakchilik va qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Hamkorlikda ishlash mahorati.

Majburiyatlar

  • Stomatologik tekshiruv o‘tkazish;
  • Og‘iz bo‘shlig‘i sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammoni aniqlash;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Stomatologik muolajani amalga oshirish;
  • Bemorga tavsiya berish.
Ijobiy tomonlari
  • Dardmandlarning og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi va hayot sifatini yaxshilash;
  • Stomatologiya xizmatiga talabning o’sishi;
  • Mansab ko‘tarilishi va ixtisoslashuv uchun imkoniyat;
  • Raqobatbardosh ish haqi va imtiyozlar;
  • Moslashuvchan ish jadvali.
Salbiy tomonlari
  • Stomatologik muolaja va bemorni parvarish qilish xususiyati tufayli yuqori darajadagi stress ehtimoli;
  • Uzoq ish soati va ish sifatiga boʻlgan katta talab;
  • Yuqumli infeksiyadan zararlanish xavfi;
  • Sohadagi yangi o‘zgarishdan xabardor bo’lish;
  • Ko‘nikma va bilimni doimiy ravishda yangilab turish zarurati.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy stomatologiya;
  • Stomatologiya klinikasi;
  • Tadqiqot muassasalari.

Foydali havolalar