Tadbirlar menejeri

Marketing, reklama va PR
oylik 3 000 000 - 10 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Tadbirlar menejeri bu — turli xil kompaniyalar va shaxslar uchun biznes, sport va koʻngilochar tadbirlarni tashkillashtiradigan mutaxassis. Bunday tadbirlarga tanlov, konsert, taqdirlash marosimlari, korporativ tadbirlar, xalqaro va mahalliy darajadagi konferensiyalar kiradi. Kasb ijodkorlik, koʻp qirrali va ulugʻvor ish surʼati bilan ajralib turadi.

Talablar

  • Oliy maʼlumot;
  • Ish tajribasi (odatda 2 yil);
  • Kompyuter bilan ishlash;
  • Rassomlar, pudratchilar va tadbir agentliklari bilan ishlash qobiliyati;
  • Tashkiliy koʻnikmalar.

Sifatlar

  • Moslashuvchanlik;
  • Harakatchanlik;
  • Yetakchilik;
  • Ijodkorlik va innovatsiya;
  • Tafsilotlarga eʼtibor;
  • Vaqtni boshqarish koʻnikmalari;
  • Tashkilotchilik qobiliyati.

Majburiyatlar

  • Mijozlar va xaridorlar bilan muloqot qilish;
  • Aloqa bazasini tuzish;
  • Tadbir konsepsiyasi va ssenariysini ishlab chiqish;
  • Budjet, smeta, rejalar tuzish va ularga qatʼiy rioya qilish;
  • Bino, dizayn va xodimlarni tanlash;
  • Tashrif buyuruvchilarni reklama mahsulotlari bilan taʼminlash;
  • Tadbir davomida barcha jarayonlarni nazorat qilish;
  • Hamkorlar va yetkazib beruvchilar (mehmonxona, aviakompaniya, konsert zallari, rassom, taqdimotchilar,
  • reklama agentliklari va boshqalar) bilan shartnomalar qidirish va tuzish, ularning ishini boshqarish;
  • Mijozlar va kompaniyaning boshqa boʻlimlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish;
  • Tadbir yakunlari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
  • Hujjat aylanishi va hisobfakturalar toʻlanishini nazorat qilish;
  • Mehmonlar (pulli kirishda) va homiylarni jalb qilish, taklif shakllantirish;
  • Jurnalistlarni taklif qilish va press-relizlar yozish.
Ijobiy tomonlari
  • Uzluksiz rivojlanish;
  • Dunyoga qarash imkoniyati;
  • Gʻayrioddiy va ijodiy;
  • Xilmaxillik;
  • Qiziqarli ijodiy ish.
Salbiy tomonlari
  • Tartibsiz ish grafigi;
  • Istiqbol va martaba oʻsishi haqida aniq tasavvurlar yoʻqligi;
  • Doimiy asabiylik;
  • Yuqori talablar;
  • Katta masʼuliyat.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Konsalting kompaniyalar;
  • Oʻquv markazlari;
  • Banklar;
  • Ishlab chiqarish korxonalari;
  • SMM agentliklar;
  • Marketing kompaniyalar.

Foydali havolalar