Terapevt

Tibbiyot
oylik 4 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Terapevt — er-xotin, oila, maʼlum bir yosh yoki jinsdagi guruh aʼzolarining ruhiy salomatligini tiklash, ruhiy va boshqalar bilan oʻzaro munosabati davomida vujudga keladigan muammolarni yengishda yordam beruvchi tibbiyot mutaxassisi. Terapevtlar zimmasiga bemorlarning aqliy va hissiy holatini yaxshilash, terapiya va boshqa davolash usullarini samarali olib borish, bemorning sogʻayish jarayonini doimiy kuaztib borish kabi vazifa yuklatiladi. Oʻz navbatida, terapiya kognitiv, oilaviy yoki jarrohlik terapiyasi kabi yoʻnalishga boʻlinadi. Ushbu sohani egallamoqchi boʻlgan insondan tibbiyot sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlish, ruhiy salomatlik diagnostikasi va davolash usullaridan xabardor boʻlish, terapiya bilan bogʻliq axloqiy-huquqiy tamoyillarni tushunish talab etiladi. Kasalmand insonlarga hamdardlik, kuchli empatiya, faol tinglash va kuzatish, sabr, moslashuvchanlik ushbu soha vakili uchun zarur boʻlgan shaxsiy koʻnikma hisoblanadi. Terapiya boshqa tibbiyot sohasida boʻlganidek uzoq ish vaqti, qiyin va murakkab holatga duch kelish hamda moliyaviy tomondan beqarorlikka ega soha hisoblanadi. Shunga qaramay, malakali terapevtlar davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida ishlashi yoki oʻz-oʻzini band qilish orqali yuqori daromadga erishishi mumkin. Boʻsh vaqtida ushbu soha boʻyicha ilmiy ish bilan shugʻullanish imkoniyati ham mavjud.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Turli xil terapiya usul va uslublarini bilish;
  • Ruhiy salomatlik diagnostikasi va davolash usullari bilan tanishish;
  • Tashxis qoʻyish va davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Terapiya bilan bog‘liq axloqiy va huquqiy tamoyillarni tushunish;
  • Individual, oilaviy yoki guruh terapiyasi kabi turli xil terapevtik tartib bilan tanishish;
  • Tadqiqot oʻtkazish yoʻlidan xabardor boʻlish va ularni klinik sharoitda qo‘llash qobiliyati.

Sifatlar

  • Empatiya va hamdardlik;
  • Faol tinglash va kuzatish;
  • Madaniy kompetensiya va sezgirlik;
  • Sabr va moslashuvchanlik;
  • O‘zaro munosabat o‘rnatish va ishonch qozonish qobiliyati;
  • Chegara va professionallikni saqlash mahorati.

Majburiyatlar

  • Dastlabki tashxis qo‘yish va davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Jismoniy shaxs, er-xotin, oila yoki guruhlarga maslahat, terapiya muolajasini ko’rsatish;
  • Jarayonni kuzatish va kerak bo‘lganda davolashni o’zgartirish;
  • Mijozlarning tibbiy qaydini to‘g‘ri va maxfiy yuritish;
  • Boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlik qilish;
  • Terapiyadagi tadqiqot va ilg‘or tajribadan xabardor bo’lish;
  • Terapiya amaliyotida axloqiy va huquqiy me’yorga rioya qilish.
Ijobiy tomonlari
  • Odamlar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
  • Tanlash uchun turli xil ish sozlama va mutaxassisliklari;
  • Moslashuvchan ish soati va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash mumkinligi;
  • Uzluksiz o‘rganish va kasbiy rivojlanish uchun sharoit;
  • Terapiya xizmatiga talabning yuqoriligi.
Salbiy tomonlari
  • Ruhiy tarafdan og‘ir vaziyatda ishlash;
  • Uzoq ish soati;
  • Qiyin va murakkab holatga duch kelish ehtimoli;
  • Moliyaviy jihatdan beqarorlik;
  • Xususiy amaliyotni yo‘lga qo‘yish uchun katta sarmoya talab qilinishi;
  • Doimiy nazorat va uzluksiz ta’lim olish talabi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Ruhiy salomatlik klinikasi;
  • Xususiy amaliyot muassasasi;
  • Reabilitatsiya markazi;
  • Maktablar.

Foydali havolalar