Travmatolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 10 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Travmatolog — baxtsiz hodisa, zoʻravonlik, va tabiiy ofat natijasida bemorda vujudga kelgan shikastlanishni davolashga ixtisoslashgan mutaxassis. Ular singan suya, ogʻir kuyish jarohati va ichki shikastlanish bilan bogʻliq kasallikni tekshiradi, tibbiy yordam koʻrsatadi va tiklanish jarayonini kuzatib boradi. Ular, asosan, favqulodda vaziyatda faoliyat olib borishi sabab, bu kasbni egallamoqchi boʻlgan insondan yuqori masʼuliyat, tezkor qaror qabul qilish, hamda stressga bardoshlilik talab etiladi. Shuningdek, muloqotga kirishuvchanlik va tafsilotga diqqatli boʻlish kabi koʻnikma ushbu sohada tezda oʻz oʻrningizni topishda yordam beradi. Boʻlajak travmatologlar tibbiyot sohasida oliy maʼlumot, inson anatomiyasi, fiziologiyasi va farmakologiyasi boʻyicha bilim, travma jarrohlik usullari boʻyicha tajribaga ega boʻlishi kerak. Travmatologiyada yuqori daromad, sohada tadqiqot qilish va yutuqqa erishish, kasbdan qoniqish hosil qilish kabi ijobiy ustunlik bilan birga kuchli stress, uzoq va tartibsiz ish soati, malaka oshirish narxi qimmatligi kabi salbiy tomon ham mavjud. Shunga qaramay, bu sohaga talab yuqori boʻlib, xususiy va davlat tibbiyot muassasalarida hamda tez tibbiy yordam xizmatida yaxshi haq taklif etiladi.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Anatomiya, fiziologiya, farmakologiya haqida bilim;
  • Travma jarrohlik usullari bo‘yicha ko’nikma;
  • Turli travmatik jarohat uchun davo chorasi va dori-darmon haqida tushuncha.

Sifatlar

  • Muloqotga kirishuvchanlik;
  • Tafsilotga diqqat qilish;
  • Bemorlarga hamdardlik;
  • Kuchli yetakchilik va qaror qabul qilish qobiliyati;
  • Hamkorlikda ishlash ko’nikmasi.

Majburiyatlar

  • Travmatik jarohat olgan bemorlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko’rsatish;
  • Bemorlarni parvarish qilish;
  • Davolash rejasini ishlab chiqish;
  • Jarrohlik amaliyotini o’tkazish;
  • Dori-darmon buyurish va dardmandlar sogʻligʻidagi rivojlanishini kuzatish;
  • Tadqiqot o‘tkazish, tibbiyot talabalarini o’qitish.
Ijobiy tomonlari
  • Bemorlar hayotini o‘zgartirish imkoniyati;
  • Favqulodda vaziyatda tezkor qaror qabul qilish va muammoni hal qilish mahorati;
  • Sohada tadqiqot qilish va yutuqqa erishish mumkinligi;
  • Yuqori daromad;
  • Talabning oshib borayotgani.
Salbiy tomonlari
  • Jiddiy shikastlangan bemorlar bilan ishlashning ruhiy ta’siri;
  • Uzoq ish soati va tartibsiz jadval;
  • Tibbiy ta’lim va malaka oshirishning qimmatligi;
  • Nojo‘ya oqibat, o‘limning yuqori xavfi tufayli sudlanish ehtimoli;
  • Tez rivojlanayotgan tibbiy bilim va texnologiyadan xabardor bo‘lish zarurati.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Tez tibbiy yordam xizmati;
  • Reabilitatsiya markazi;
  • Qariyalar uyi;
  • Davlat idoralari.

Foydali havolalar