Uchuvchi

Boshqalar
oylik 10 000 000 – 30 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Uchuvchi bu — samolyot yoki vertolyot kabi turli xil aviatsion transportlarni boshqarish qobiliyatiga ega boʻlgan mutaxassis. Uchish paytida samolyotni boshqarish uchuvchi zimmasidadir. Havo harakati boshqaruvchisidan yoʻriqnoma va yo‘nalishni olgach, uchuvchi samolyot aniq belgilangan vaqtda, trayektoriyada koʻrsatilgan joyda boʻlishi uchun barcha kuchlarni sarf qilishi kerak. Ushbu yoʻnalish boʻyicha harakat qilish va havoda toʻqnashuvlarning oldini olish uchun uchuvchi doimiy ravishda asboblar koʻrsatkichlari, asboblar hisoblagan ma’lumotlar bilan ishlashi lozim.

Samolyotni boshqaruvchi uchuvchigina, samolyotning uchishi va qoʻnishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. U biror muammo boʻlsa, ekipajga ko‘rsatma beradi. Uchuvchi faqat samolyotning parvoz yoʻlini kuzatuvchi havo harakati nazoratchilarining buyruqlariga boʻysunadi. Haqiqiy uchuvchilik bu — kechinma: inson o‘zi doimiy parvoz qiladigan samolyotni his qilishi kerak.

Talablar

  • Salomatlik;
  • Professional psixologik tanlov;
  • Jismoniy tayyorgarlik;
  • Fizika, matematika, kimyo sohasidagi chuqur bilimlar.

Sifatlar

  • Analitik fikrlash;
  • Keng fikrlash;
  • Mas’uliyat;
  • Intizom;
  • Stressga bardoshlilik;
  • Qaror qabul qilish qobiliyati, asosan, nostandart vaziyatlarda;
  • Jamoada ishlash qobiliyati;
  • Hayot davomida oʻrganish qobiliyati.

Majburiyatlar

  • Yo‘nalish va havo yo‘lining xususiyatlarini o‘rganish;
  • Aeroportlar bilan aloqa o‘rnatish va tekshirish;
  • Samolyotni uchishga tayyorlash;
  • Ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish;
  • Asboblar ko‘rsatkichlarini nazorat qilish;
  • Dispetcher punkti bilan doimiy aloqa;
  • Har turdagi nosozliklar, ob-havo sharoitlari o‘zgarishi va boshqa kutilmagan hodisalar haqida oʻz vaqtida xabar berish;
  • Samolyotning xavfsiz qo‘nishi.
Ijobiy tomonlari
  • Kasbga boʻlgan ehtiyoj va talab;
  • Kasbning oʻziga xosligi;
  • Obroʻ-e’tibor;
  • Munosib ish haqi;
  • Cheksiz sayohat qilish qobiliyati;
  • Uchuvchilar va ularning oilalari uchun juda koʻp bonuslar;
  • Erta nafaqaga chiqish;
  • Komil sogʻliq.
Salbiy tomonlari
  • Uyga tez-tez kela olmaslik;
  • Tartibsiz ish vaqti;
  • Uchuvchining asosiy dushmanlari boʻlgan stress va charchoqqa olib keladigan vaqt zonalari, buzilgan ritmning cheksiz oʻzgarishi;
  • Katta hissiy stress;
  • Samolyot halokati xavfi;
  • Qayta tayyorlashning qiyinligi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Aviakompaniyalar;
  • Xususiy aviatsion kompaniyalar;
  • Havo kemalari ishlab chiqaruvchi korxonalar.

Foydali havolalar