Umumiy amaliyot shifokori

Tibbiyot
oylik 4 000 000 – 10 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Umumiy amaliyot shifokori bu — tibbiyotning barcha yoʻnalishi boʻyicha bilimga ega, koʻp tarmoqli mutaxassis. Uning asosiy vazifasi, koʻp uchraydigan kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish hamda davolashdir. Ushbu kasb egasi bolalar va kattalarga terapiya, oftalmologiya, nevrologiya, dermatologiya, kardiologiya kabi ixtisosliklar doirasida xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, oʻziga biriktirilgan oila aʼzolarining barchasini kuzatib borishi hamda ularning uyiga tashrif buyurib, sogʻligʻi bilan qiziqishi kerak. Shu tufayli ularni oilaviy shifokorlar deb ham atashadi. Umumiy amaliyot shifokori oʻz vakolati doirasida barcha xastalikka tashxis qoʻyadi, davolaydi yoki boshqa shifokorga yoʻllanma beradi. Bu kasbni egallashni istasangiz, tibbiyot xodimi uchun zarur boʻlgan bilimdan tashqari diagnostika, terapiya hamda reabilitatsiya boʻyicha maʼlumotingiz boʻlishi kerak. Shikoyatni eshita oladigan va tahlil qila oladigan, vijdonli umumiy amaliyot shifokoriga doimo talab yuqori darajada.

Talablar

  • Bemor shikoyatini tinglash va toʻplash;
  • Dardmandlarni amaliy tekshiruvdan oʻtkazish;
  • Qoʻshimcha diagnostika usullariga ehtiyojni aniqlash;
  • Diagnostik tadbir natijasini baholash;
  • Terapevtik kasallikning oldini olish va davolash;
  • Emlash taqvimi bilan tanishish;
  • Reabilitatsiyaga boʻlgan zaruratni aniqlash;
  • Hujjatlarni toʻldirish koʻnikmasini toʻliq oʻzlashtirish.

Sifatlar

  • Bilimini doimiy ravishda mustahkamlab borish Insoniylik;
  • Vijdonlilik;
  • Ishga layoqat;
  • Qiyin vaziyatda qaror qabul qila olish;
  • Xushmuomalalik;
  • Sabr-toqat.

Majburiyatlar

  • Bemorlarni tibbiy muassasada qabul qilish;
  • Xasta insonlar tibbiy hujjatini yuritish;
  • Agar zarur boʻlsa, uyda tekshiruv oʻtkazish;
  • Birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, ogʻir bemorlarni kasalxonagacha kuzatib borish;
  • Davolash protokoli, diagnostika muolaja rejasini tuzish;
  • Amaliy tekshiruv, laboratoriya va instrumental diagnostika natijasi asosida tashxis qoʻyish;
  • Muolaja rejimini tuzish, davolash jarayonini nazorat qilish, kerak boʻlganda unga tuzatish kiritish;
  • Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish;
  • Bemorlarni klinik tekshirish;
  • Reabilitatsiya tadbirini ishlab chiqish;
  • Homilador ayol va yangi tugʻilgan chaqaloqlarni roʻyxatga olish;
  • Ixtisoslashgan shifokorlarga yo‘llanma berish yoki kasalxonaga yotqizish;
  • Immunoprofilaktika, oilada gigiyenaga oid axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Hayotga tahdid soluvchi sharoitda koʻmaklashish;
  • Homilador ayol va yosh onalarga maslahat berish;
  • Kichik tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish ishida ishtirok etish;
  • Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza uchun hujjatlarni tayyorlash.
Ijobiy tomonlari
  • Umumiy amaliyot shifokorining ishi martaba oʻsishni taʼminlamaydi, chunki maʼlum oilalar bilan uzoq muddatli hamkorlik mavjud. Martaba oʻsishi juda sekin amalga oshishiga qaramasdan, oilaviy shifokor oʻrtacha qiymatdan yuqori daromad topadi.
Salbiy tomonlari
  • Uzoq muddatli trening;
  • Oʻzgaruvchan ish jadvali;
  • Katta masʼuliyat;
  • Bemorlar bilan ziddiyatli vaziyat yuzaga kelishi mumkin;
  • Kam yoki oʻrtacha daromad.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Ilmiy tadqiqot instituti;
  • Klinika;
  • Shifoxona;
  • Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi.

Foydali havolalar