Urolog

Tibbiyot
oylik 3 000 000 – 15 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Urolog — buyrak, siydik pufagi, uretra, peshob chiqarish yoʻli, shuningdek, erkaklar reproduktiv kasalliklarining kelib chiqish sababini oʻrganuvchi, uni tashxislovchi hamda davolovchi mutaxassis. Barcha yoshdagi erkak jinsli bemor, xususan, buyrak toshi, prostata saratoni, siydik yoʻllari infeksiyasi hamda jinsiy zaiflik kabi dard bilan ogʻrigan insonlarga urolog yordami kerak boʻladi. Boʻlajak urolog bemorni davolash davomida unga hamdardlik bildirish, muammoni bosqichma-bosqich hal etish kabi koʻnikmaga ega boʻlishi zarur. Jamoa bilan ishlash hamda empatiya qobiliyati kuchli rivojlangan insonlar bu sohada tezda muvaffaqiyatga erishadi. Ish vaqtining uzoqligi, stress kabi muammolarga qaramasdan, bu soha yuqori daromadli kasblardan biri hisoblanadi. Ushbu kasbning yana bir ijobiy jihati – keyinchalik urologiyaning maʼlum bir yoʻnalishi boʻyicha ilmiy ish bilan shugʻullanishi imkoniyati mavjud.

Talablar

  • Sohadagi oliy maʼlumot;
  • Peshob va erkak jinsiy tizimining anatomiya va fiziologiyasi;
  • Jarrohlik muolajasi bo‘yicha ko’nikma;
  • Diagnostik testlarni sharhlash;
  • Tegishli dori-darmonlarni yozish.

Sifatlar

  • Bemor va uning oila aʼzolari bilan muloqot qilish;
  • Muammoni hal etish;
  • Tanqidiy fikrlash;
  • Empatiya va hamdardlik;
  • Jamoaning bir qismi sifatida yaxshi ishlash qobiliyati.

Majburiyatlar

  • Siydik chiqarish va erkaklar reproduktiv tizimi bilan bogʻliq kasalliklarni tashxislash va davolash;
  • Bemor ahvolini baholash uchun muntazam tekshiruv va diagnostik testlarni o‘tkazish;
  • Davo rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Jarrohlik muolajasini bajarish;
  • Dori-darmon yozish va turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • Bemor va uning oila aʼzolari bilan muloqot qilish;
  • Tibbiy hujjatlarni yuritish;
  • Boshqa tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
Ijobiy tomonlari
  • Yuqori daromad;
  • Urologiyaning ma’lum bir yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashish;
  • Kasalmand insonlar hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish;
  • Aholining qarishi tufayli urologlarga talab ortib borishi;
  • Boshqa tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlik.
Salbiy tomonlari
  • Uzoq ish soati va yuqori stress;
  • Yuqumli kasallik va biologik suyuqlik taʼsiri;
  • Doimiy ravishda texnologiya va tibbiy tadqiqot sohasidagi yutuqlarni kuzatib borish;
  • Nojo‘ya oqibatlar tufayli bemorning noroziligi, da’vo berish xavfi;
  • Bemorlar uchun ajratiladigan vaqtning cheklanganligi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Shifoxona;
  • Xususiy klinika;
  • Xususiy amaliyot markazlari.

Foydali havolalar