Virusolog

Tibbiyot
oylik 15 000 000 – 25 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Virusolog — virus, uning inson va hayvon tanasiga taʼsirini oʻrganuvchi mutaxassis. Ular virusni maxsus laboratoriya sharoitida ajratib oladi, oʻrganadi va maxsus tajribalar oʻtkazib, virusga qarshi vaksinalar ishlab chiqaradi. Shuningdek, u tadqiqot maʼlumotlarini keyinchalik foydalanish uchun saqlaydi, hisobot tayyorlaydi. Virus haqida maʼlumot berish ham aynan virusologlar zimmasiga yuklatilgan. Bu sohani egallash uchun tibbiyot sohasida oliy taʼlim, laboratoriya jihozi va ularning ishlatilishi boʻyicha yetarli tajriba, virus va molekulyar biologiya bilan ishlash koʻnikmasi talab etiladi. Malakali virusologga talab doim yuqori boʻlgani sababli tafsilotni diqqat bilan oʻrganib boradigan, tanqidiy fikrlovchi va muammoni tezda hal qilish qobiliyatiga ega insonlar muvaffaqiyatga erishadi. Bu kasbda maʼlum bir xavf, xususan, virus bilan kasallanish xavfi, ish vaqtining uzoqligiga qaramay, jamoat xavfsizligini saqlash, ilmiy kashfiyotlarga hissa qoʻshish hamda yuqori maosh olish imkoniyati mavjud.

Talablar

  • Sohadagi oliy ma’lumot;
  • Laboratoriya texnika va jihozlaridan xabardor boʻlish;
  • PCR va sekvestratsiya kabi molekulyar biologiya texnikasini qoʻllashdagi malaka;
  • Virus bilan ishlash boʻyicha tajriba.

Sifatlar

  • Tafsilotga diqqatlilik;
  • Tanqidiy fikrlash va muammoni hal qilish;
  • Muloqotga kirishuvchanlik;
  • Jamoaga moslashuvchanlik va mustaqil ishlash qobiliyati.

Majburiyatlar

  • Virus bo‘yicha tadqiqot olib borish;
  • Virusga qarshi dori va vaksinani ishlab chiqish hamda sinovdan o‘tkazish;
  • Ma’lumotni tahlil qilish;
  • Tadqiqot hisoboti va ilmiy maqolalar yozish;
  • Talaba va kichik olimlarga dars berish hamda ularga rahbarlik qilish.
Ijobiy tomonlari
  • Jamoat salomatligini yaxshilashga yordam berish;
  • Kashfiyotlarga hissa qo‘shish imkoniyati;
  • Turli xil sohalarda ishlash mahorati;
  • Malakali virusologlarga bo‘lgan yuqori talab;
  • Mansab ko‘tarilishi va o‘sishi uchun sharoit.
Salbiy tomonlari
  • Uzoq ish soati va talabchan ish;
  • Zaharli modda va yuqumli infeksiyalardan zararlanish xavfi;
  • Moliyalashtirish va ilmiy grantlar uchun raqobatning yuqoriligi;
  • Muayyan geografik mintaqada cheklangan ish imkoniyati;
  • Sohadagi yangi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish uchun ko‘nikma va bilimni doimiy ravishda yangilab turish zarurati.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Tadqiqot muassasasi;
  • Davlat idorasi;
  • Shifoxona;
  • Universitet;
  • Farmatsevtika kompaniyalari.

Foydali havolalar