Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis

Siyosat
oylik so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?

Umumiy maʼlumot

Xavfsizlik boʻyicha xalqaro mutaxassis — milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidni bartaraf etuvchi shaxs. Shuningdek, uning zimmasiga mamlakatning xalqaro maydondagi faoliyatini baholash, milliy xavfsizlik boʻyicha harakat strategiyasini ishlab chiqish kabi vazifa ham yuklanadi. Gap davlat manfaati borasida ketar ekan, bu kasb egasidan yuqori darajadagi tahlil qilish qobiliyati, chet tilini mukammal bilish hamda axloqiy va kasbiy majburiyatga rioya qilish, oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashish talab qilinadi. Bu sohada kasb faoliyatini olib boruvchi mutaxassisga yuqori haq toʻlanadi, uning shaxsiy daxlsizligi kafolatlanadi. Xavfsizlik boʻyicha boʻlajak xalqaro xodim ushbu sohada oliy maʼlumot, siyosat, geografiya, chet tili va boshqa sohada chuqur bilimga ega boʻlishi, kognitiv va tanqidiy fikrlay olishi kerak. Ushbu kasb obroʻli, yaxshi haq toʻlanadigan va bir vaqtning oʻzida masʼuliyatli kasb hisoblanadi. Jumladan, oila davrasida kam vaqt boʻlish, uzoq ish soati hamda charchoq bilan bogʻliq muammolar ham mavjud.

Talablar

  • “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot;
  • Siyosat hamda psixologik bilim;
  • Chet tilini bilish;
  • Kompyuter bilan ishlash.

Sifatlar

  • Kognitiv qiziquvchanlik;
  • Tanqidiy fikrlash;
  • Muloqotga kirishuvchanlik;
  • Hayot davomida oʻrganish qobiliyati;
  • Masʼuliyat;
  • Axloqiy, kasbiy va ijtimoiy standartga rioya qilish.

Majburiyatlar

  • Yaxshi rivojlangan muloqot koʻnikmasi;
  • Chet tillarini mukammal bilish;
  • Xalqaro aloqalarni oʻrnatish;
  • Mavjud millatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
  • Xalqaro va turli darajadagi ziddiyatni hal etish;
  • Xalqaro delegatsiyalarni kuzatib borish;
  • Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish.
Ijobiy tomonlari
  • Obroʻli kasb;
  • Yuqori daromad;
  • Chet elga muntazam ravishda borish sharoiti;
  • Diplomatik daxlsizlik;
  • Turli sohalar boʻyicha aloqa.
Salbiy tomonlari
  • Bunday mutaxassislarning mehnat bozorida koʻpayib, rivojlanib borishi;
  • Oʻz mamlakati bilan ziddiyatda boʻlgan davlatlarda ishlash hayot uchun xavf tugʻdirishi;
  • Koʻp holda uyda boʻlolmaslik.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Davlat organlari;
  • Xalqaro tashkilotlar;
  • Xususiy tashkilotlar;
  • Tashqi ishlar vazirligi.