Yuqumli kasalliklar shifokori

Tibbiyot
oylik 2 500 000 – 8 000 000 so'm
  • Umumiy maʼlumot
  • Talab, koʻnikma va majburiyatlar
  • Ijobiy va salbiy tomonlari
  • Qayerda ishlash mumkin?
  • Foydali havolalar

Umumiy maʼlumot

Yuqumli kasalliklar shifokori — yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassis. U infeksiyalarning tarqalish muhiti va mexanizmini oʻrganadi. Shuningdek, yuqumli kasallik bilan ogʻrigan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatadi. Yuqoridagilarga qoʻshimcha ravishda u bemorning kasallik tarixini yuritadi, uning holatini doimiy kuzatib boradi. Bu kasbni egallash uchun sizda mikrobiologiya, virusologiya, epidemiologiya hamda immunologiya sohalarida mukammal bilim darajasi boʻlishi zarur. Hozirgi kunda tibbiyot sohasida ham raqamli texnologiyalar qoʻllanilayotganini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu shifokordan kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va ilovalar bilan ishlay olish koʻnikmasi talab etiladi. Kasb faoliyati davomida uzluksiz moliyaviy oʻsishga erishish, klinik tadqiqotlar oʻtkazish hamda xalqaro martabaga erishish mumkin. Ishga kirish imkoniyati qiyin kechsa-da, stressga chidamli, muloqotdan qochmaydigan, samarali qaror qabul qilish qobiliyatiga ega insonlar tezda muvaffaqiyatga erishadi.

Talablar

  • Matematika, arifmetika, algebra, geometriya, hisob-kitob, statistika va ularning qoʻllanilishini bilish;
  • Tibbiyot va stomatologiya, inson jarohati, kasallik va deformatsiyalarga tashxis qoʻyish va davolash uchun zarur boʻlgan maʼlumot, texnikalar haqidagi bilim. Bunga simptom, muolaja, dori xususiyati va oʻzaro taʼsiri hamda profilaktika choralari kiradi;
  • Biologiya, oʻsimlik va hayvon organizmi, ularning toʻqima, hujayra, funksiya, oʻzaro bogʻliqligi, bir-biri va atrof-muhit bilan taʼsiri haqida xabardor boʻlish;
  • Kompyuter, elektron plata, protsessor, mikrosxema, elektron uskuna, kompyuter texnikasi hamda dasturiy taʼminoti, shu jumladan, ilova va dasturlarni bilish;
  • Ommaviy axborot vositalari, maʼlumot tarqatish texnika va usulidan voqif boʻlish;
  • Geografik quruqlik, dengiz va havo massasi xususiyatini, jumladan, ularning fizik oʻziga xosligi, joylashuvi, oʻzaro bogʻliqligi, oʻsimlik, hayvon va inson hayoti tarqalishini tavsiflash tamoyillarini bilish.

Sifatlar

  • Hamkasb, bemor va ularning oilalari bilan keng doiradagi munosabatni taʼminlash uchun mukammal muloqot qobiliyati;
  • Ruhiy chidamlilik, xotirjam temperament va bosim ostida yaxshi ishlash xususiyati;
  • Jamoaviy ish va koʻp tarmoqli jamoalarni boshqarish koʻnikmasi;
  • Muammolarni hal qilish va diagnostika layoqati;
  • Ajoyib tashkiliy qobiliyat va samarali qaror qabul qila olish.

Majburiyatlar

  • Bemorni qabul qilish, tashxis qoʻyish;
  • Yuqumli kasallikni davolash strategiyasini aniqlash, dori vositasi va tibbiy muolajalarni tayinlash;
  • Laboratoriya tahlilini oʻtkazish, namuna olish va tadqiqot uchun materiallarni toʻplash;
  • Atrof-muhit, oziq-ovqat mahsulotlari hamda rivojlangan shahar sharoitida patogen mikroorganizmlarni aniqlash;
  • Yuqumli kasalliklarning tabiiy oʻchoqlarini topish va lokalizatsiyalash;
  • Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, gigiyena va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
  • Malaka oshirish, yuqumli kasalliklarni davolashning zamonaviy usullarini oʻrganish.
Ijobiy tomonlari
  • Bir vaqtning oʻzida umumiy va klinik tadqiqotlarni oʻtkazish qobiliyati;
  • Xalqaro martabaga erishish imkoniyati;
  • Xalqaro darajada ishlash va muhimlilik;
  • Nisbatan erkin ish tartibi;
  • Cheksiz moliyaviy oʻsish.
Salbiy tomonlari
  • Karyera jihatdan rivojlanish imkoniyati kam. Sertifikatni olgandan keyin kim boʻlib ishlashni tanlashda quyidagi variantlarni koʻrib chiqish mumkin: klinikadagi yuqumli kasalliklar klinikasi mutaxassisligining ishonch kabineti shifokori (OIV va OITS bilan ogʻriganlar bilan ishlash), kasalxonada yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis boʻlim boshligʻi.

Qayerda ishlash mumkin ?

  • Ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Klinika;
  • Kasalxona;
  • Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi.

Foydali havolalar