Qiyin paytlarda jasorat topishning olti usuli

Jasorat doim ham dovyuraklik degani emas, baʼzida u sukunatga choʻmgan qatʼiyat koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin.

64
0

Jasorat doim ham dovyuraklik degani emas, baʼzida u sukunatga choʻmgan qatʼiyat koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin.

 

“Biz oʻzimizni tarbiyalayapmiz” degan edi faylasuf va pedagog Parker Palmer.

 

  Oʻqituvchilik faoliyatim boshida Palmerning “The Courage to Teach” kitobidan zavqlanib, Jasorat va yangilanish markazi tomonidan olib borilayotgan qayta tayyorlash kurslarida qatnashdim. Palmer oʻz kitobida shaxsning oʻzini anglash jarayoni uning har kunlik mehnat faoliyatida namoyon boʻlishi haqidagi fikrni ilgari surgan. Shu bilan birga, jasorat va to‘g‘rilik ichki va tashqi “men” oʻrtasidagi muvozanatni saqlab turadigan, asosiy mezon ekaniga urgʻu bergan. Masalaga chuqur yondashadigan boʻlsak, bizning shaxsiyatimiz, qadriyat hamda eʼtiqodimiz atrofimizdagi insonlar uchun oʻzligimiz haqida tasavvur uygʻotadi.

 

 

  Ammo misli koʻrilmagan qiyinchiliklar davrida hamkasb, talaba, qoʻshni, oila, doʻst va hatto oʻzimiz bilan birga boʻlganlar yonida turish uchun jasorot topa olamizmi? Haqiqat shundaki, hozirgi ishimga olib kelgan insondan unchalik ham minnatdor emasman. Baʼzi vaqtlarda hatto ertalab oʻrnimdan turish uchun jasorat qidiraman. 

 

   Agar sizda ham toliqish, topshiriqni bajara olmaslik va oʻzini oʻylash kabi charchoq belgilari namoyon boʻlayotgan boʻlsa, men tushgan vaziyatdasiz. Ammo jasorat borasidagi bilimlar psixologik hayot yoʻliga eltishini tushunib yetdim. Bu faoliyatimiz davomida nima muhimligini aniqlashda yordam beradi, barqaror, qadriyatlarga asoslangan hayot yoʻlini topishimiz va hattoki boshqalarni yuqoridagi holatlarda ilhomlantira olishimiz mumkin. Ushbu tadqiqot oʻqituvchilar uchun yoʻnaltirilgan boʻlishiga qaramasdan, barcha uchun qoʻl keladi. Jasorat turli shakllarda namoyon boʻladi. U haqida turli taʼriflar boʻlsa ham, tadqiqotchilar uning xavf, niyat hamda boshqalarga foyda keltiradigan maqsad kabi 3 ta asosiy mezonga ega ekani haqida fikr bildirgan. Bu borada hammamizga tanish boʻlgan vaziyatni misol keltirish mumkin. Oʻquvchi bezori tomonidan ogʻzaki tajovvuzga uchragan tengdoshini himoya qiladi, bezoriga haqoratli gaplarni bas qilishini aytadi. Biroq bu kabi maqsadli harakatning ijtimoiy yoki jismoniy jihatdan qimmatga tushish ehtimoli mavjud boʻladi. 

 

   Jasorat esa doim ham keskin harakat va dovyuraklik bilan namoyon boʻlmasligi mumkin. Biz uni dadillik va xotirjamlik bilan ifodalaymiz. Darhaqiqat, “umumiy jasorat” boshqalar tomonidan qabul qilinadigan ishonchli yoki ochiq-oydin namoyon boʻladigan harakatlar yigʻindisi sifatida, aktyorlar hayolida namoyon boʻladigan “shaxsiy jasorat” kabi dadil harakatlar yig‘indisidan farq qiladi. Bularning barchasi oldingizda turgan qiyinchiliklarga qanday qarashga hamda muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishni talab etadigan qoʻrquvga bogʻliqdir. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, bugungi kunda baʼzilarimiz erta uygʻonish kabi jarayonlarda biz uchun muhim boʻlgan va doimo gʻamxoʻrlik qiladigan talabalar oʻrnak sifatida namoyon boʻlish uchun “shaxsiy jasorat”ga muhtoj boʻlishimiz mumkin.

 

   Nega jasoratni shunchaki koʻrsatish kerak? Kundalik stressga toʻla omillar doimiy ravishda toʻplanib borib hissiy charchoq, ishdan uzoqlashish va oʻzingizga boʻlgan ishonchning yoʻqolishiga sabab boʻladi. Agar oʻzingizni biror ishni qilishga qobiliyatli deb his qilmasangiz, albatta, xotirjamlikni his qila olmaysiz. Shuningdek, jasorat qatʼiyatlilik va halollik kabi boshqa ijobiy xarakterlar bilan bogʻliq.

 

   Ammo yosh va ijtimoiy mavqeyimizdan qatʼiy nazar oʻzimizdagi jasoratni uygʻotish uchun koʻplab usullar mavjud. Ulardan 6 tasi quyida keltirilgan.

 

 

    1. Oʻzingizni jasoratli deb biling

 

   Avvalo, oʻzimizni jasoratli deb bilsak, shunga munosib ravishda harakat qilishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, agar mashinamni maktab avtoturargohiga qoʻyib, maktab tomon piyoda odimlasam, oʻzimni jasoratlidek his qilishni boshlayman hamda bu menga psixologik turtki berishi va kunni oʻzimga boʻlgan ishonch bilan kutib olishga ilhomlantirishi mumkin. 

 

  Shu bilan birga hayotimiz davomida amalga oshirilgan barcha jasoratli harakatlarni qayd etish va belgilab borish uchun vaqt ajratishimiz mumkin. Masalan, bolaligingizdagi qiyinchiliklar hamkasb va talabalaringiz bilan hozirgi munosabatga qanday taʼsir koʻrsatganini, yolgʻiz ona sifatida kollejni qanday tugatganingiz, sogʻliq bilan kechadigan surunkali muammolarga qarshi kurashishni oʻrganganamiz, kelajakdagi jasoratli xatti-harakatlarga ilhomlantiradigan shaxsiy qadriyat va eʼtiqodlar bilan qayta aloqada boʻlganimizda ijobiy his tuygʻularni boshdan kechirish ehtimoli koʻpayadi.

 

   Shaxsiy jasorat bilan bogʻliq harakatlarni aniqlash va oʻrganish uchun talaba yoki hamkasblaringiz bilan oʻtmishdagi harakatlarigizni muhokama qilib koʻring.

 

    2. Xatolarni qabul qiling

 

   Jasoratni oʻzimizdan topishimiz va uni boshqalar bilan baham koʻrishimiz mumkin. Lekin bu ichki, kundan kunga oʻzgarib boradigan  tajriba boʻlishi ham mumkin. Ish faoliyati davomida jasoratning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu — oʻrganish va shaxsiy rivojlanishga intilish. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, muvaffaqiyatsizlikka uchrash qoʻrquvi jasorat bilan salbiy tarzda aloqada boʻlishi mumkin. Ammo ish faoliyati davomidagi muvaffaqiyatsizlik va xatoliklar foydali boʻlsa-chi, yaʼni ular oʻrganish vositasining bir qismi boʻlsa…

 

   Oʻrganishlar natijasiga koʻra, talabalar uchun xato qilish va ularni tuzatish muvaffaqiyatsizlikdan qochishdan koʻra foydaliroq boʻlishi mumkin.  Muvaffaqiyatsizlik va xatolar, ularga koʻnikishga doir 38 ta tadqiqot ishini koʻrib chiqqan tadqiqotchilar moslashuvchan insonlarda mukammallik darajasi past hamda oʻtgan voqealarni ijobiy izohlash usuli borligini aniqladi. Ular masalaga: “Menda bu kabi uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan muammoga yechim yoʻq, ammo yechim topishda boshqa strategiyani qoʻllab koʻrishim mumkin”, qabilida yondashadi. 

 

  Muvaffaqiyatsizlikka uchrash qoʻrquvini bartaraf etishning yana bir usuli “Gʻijimlangan eslatma” deb nomlanib, uni bemalol oʻquvchi va hamkasblar bilan oʻrtoqlashish mumkin. Avvalo, yaqinda yoʻl qoʻygan xatoyingizni qogʻozga yozing, ushbu muvaffaqiyatsizlikka nisbatan oʻz his-tuygʻularingizni ifodalagan holda qogʻozni gʻijimlang, soʻngra ushbu xatoning miya faoliyatini kuchaytirish yoʻli, oʻrganish va oʻsish uchun keltiradigan foydasini muhokama qiling.

 

Kutilayotgan muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqishning oʻrniga uni har kungi xatoliklarni oʻrganish imkoniyati sifatida koʻrish bizni oʻrganishni natija sifatida emas balki jarayon sifatida qadrlashdan ozod qiladi.

 

    3.Harakat qilishda davom eting

 

   Ish faoliyati davomidagi jasorat ham ulkan qat’iyatni talab etadi. Qoʻrquvimiz kamaygan sari oʻrganishda va oldimizda turgan toʻsiqlarga qaramasdan harakat qilishda davom etaveramiz. Qatʼiyatlilik esa xarakter kuchi sifatida modellashtirilishi, kuzatilishi va rivojlanishi mumkin. Agar kattalar maqsad sari qatʼiyat bilan harakat qilishda davom etsa, 15 oylik goʻdaklar ham ushbu xatti-harakatga taqlid qiladi. 

 

   Oʻqituvchi sifatida qiyin matnni oʻqiyotganda, oʻzimiz anglaydigan his-tuygʻularni aytish jarayonida, qiyin vaziyatlarda yechim topish vaqtidagi toʻxtalishlarda, qayta urinishlarda hamda davom etishga boʻlgan majburiyatda oʻz zaif tomonlarimizni oʻquvchilar bilan boʻlishish orqali ularning harakatlariga taʼsir qila olishimiz mumkin.

 

  Tadqiqotlardan biri shuni koʻrsatadiki, oʻqituvchilarning qarashlari oʻsishi bilan ularning aql-idroki ham oʻsadi va oʻzgara boshlaydi. Bu esa oʻquvchilarning tafakkuri oʻsishi bilan oʻzaro aloqador boʻlishi mumkin. Bunday ijobiy hamda moslashuvchan fikrlash qobiliyati oʻquvchilarning maktabdagi faoliyatini oʻstirishi, faravonligini oshirishi, ijtimoiy kompetensiya va hatto mehribonlik, saxiylik hamda ijtimoiy harakatlarni ragʻbatlantirishi mumkin.

 

    4. Qahramonlarni izlang

 

   Agar biz hayotimizning keyingi qismida bajaradigan ishlarimizga nisbatan befarqlik, tashvish yoki qoʻrquv his qilayotgan boʻlsak, xoh haqiqiy boʻlsin, xoh toʻqima, xoh yaqin boʻlsin, xoh uzoq — boshqalardan ilhomlanish foydali bo‘lishi mumkin. 

 

   Bir tadqiqotga koʻra, bizni hayratga soladigan shaxslarning qiyin vaziyatlarda maʼnaviy jasorat koʻrsatishi yoki yaxshilik qilishga harakat qilishi bizning ideal koʻrinishimizning baʼzi jihatlarini namoyon qilishi mumkin. Shuningdek, ular bizni yanda mazmunli hayot kechirishga undashi ham mumkin. Ilmiy izlanishlarga koʻra, idealimizdagi inson tasvirini koʻrish orqali hayotimizda kattaroq maʼnonini his qilish va hattoki boshqalarga yordam berishga avvalgidan koʻproq harakat qilishimiz mumkin ekan.

   Asosiy ijtimoiy kognitiv nazariya boshqalarning xatti-harakatlariga guvoh boʻlganimizda ularning oʻrnida boʻlib qolish istagi paydo boʻlishi haqida fikr yuritadi. Masalan, oʻquvchilar maktabda oʻqituvchining bir guruh talabalar tarafida boʻlishini kuzatganda yoki oʻqituvchi hamkasbining muhim fikrini himoya qilayotganini kuzatganda umumiy oʻzgarish imkoniyatlarini koproq anglaydi va jasorat bilan harakat qilishga kirishadi.

 

   Shuningdek, talabalar jasorat namunalaridan ham ilhomlanishi mumkin. Giraffe Heroes Project’ning “Sizning qahramoningiz kim?” loyihasi davomida talabalar qahramonlar hikoyasini eshitadi va uni tasvirlab beradi. Shu bilan birga, ularning jasoratli harakatlaridagi xavf-xatar va foydalarni oʻrganib boradi. Bu kabi hikoyalarda umumiy qadriyatlar haqida gap boradi. Shu sababli ular bizni oʻz qadriyatlari bilan boʻlishadigan, empatiyaga boy, boshqalarga yordam beradigan shaxs boʻlib rivojlanishimizga yordam beradi.

 

    5.Maqsadlaringizni aniqlab oling

 

 

  Siz boshqalarda qahramonlik yoki jasoratni koʻrishingiz mumkin, ammo ularni oʻzingizda koʻrmasligingiz sababli qiynalasiz. Agar shunday boʻlsa, oʻzingizga bir nechta asosiy savollarni berishingiz kerak boʻladi.

 

  • Men oʻzimdagi qaysi jihatni qadrlayman?

 

  • Men nimaga loyiqman?

 

  • Men uchun nima muhim?

 

  • Men qanday yutuqlarga va natijalarga erishdim?

 

   Tadqiqotchilarning ushbu savollariga javob bergan oʻqituvchilar xavotir pasayganini va maʼlum vaqt davomida ijobiy his-tuygʻularni boshdan kechirganini maʼlum qildi. Bu oʻz navbatida nazorat guruhiga qaraganda ancha yaxshi natija edi. Oʻqituvchilarning qadriyatlari maktabdagi xulq-atvori hamda kelajakdagi maqsadlaridagi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ularning farovonligi hamda ishdagi samaradorlik hissi ushbu qadriyatlarga bogʻliq. Agar biz oʻzimizni xotirjam va qobiliyatli deb hisoblasak, yanada jasoratli boʻla olishimiz mumkin.

 

   Faylasuflar jasoratni insondagi asosiy fazilat deya talqin qiladi. U bizning harakatlarimizni qadriyat va fazilatlar tomonga yoʻnaltiradi. Bizning eʼtiqod, qadriyat, fidokorlik, or-nomus va sadoqatimiz jasorat bilan bogʻliq harakatlarimizga bevosita taʼsir oʻtkazadi. Agar axloqiy meʼyorlarimizga nisbatan tahdid sezsak, eʼtiqod va qadriyatlarimizni himoya qilish uchun harakat qilishimiz ehtimoli yuqori. Demak, eʼtiqodimiz qanchalik kuchli boʻlsa, atrofdagi insonlar taʼsiriga tushib qolish va ularning istagi bilan harakat qilish ehtimoli shunchalik pasayadi. 

 

   Siz va oʻquvchilaringiz qadriyatlaringizni bilib olishi, kattalar va talabalarga moʻljallangan “Oʻzingizdagi kuchli tomonni va talantni kashf eting”, “Liderlar uchun kerak boʻlgan 8 ta ichki fazilat” va “Fe’l-atvorning kuchli tomonlarini rivojlantiruvchi eslatmalar” kabi mashgʻulotlar yordamida xarakteringizdagi kuchli tomonlarni aniqlab olishingiz kerak.

 

    6. Jasoratli jamiyat kuchining bir qismiga aylaning

 

   Soʻnggi soʻz sifatida, biz jamiyatda oʻz qadriyatlarimiz bilan hamohang ravishda harakat qilishimiz kerak. Bir yildan uzoq vaqt davom etgan izolyatsiya, sogʻliqni saqlash, ekologiya va ijtimoiy-madaniy tizimlardagi inqirozlardan soʻng yana birlashish uchun jasorat topishimiz kerak boʻldi.

   

   Professor va talabalar ijtimoiy, ruhiy koʻmak markazlarida oʻtkazilayotgan jasorat va boshqa toʻgaraklarida qatnashib kelmoqda. Bunday markazlar sabab ular kimgadir tegishlilik hissini tuymoqda, hissiy yordam olmoqda hamda jamoaviy ishlash bilan bogʻliq koʻnikmaga ega boʻlmoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu kabi ijtimoiy guruhlar oʻzaro bogʻliqlik, jamoadagi shaxsiy oʻziga xoslik hamda bir-birini tushuna olish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, bu jasoratli xatti-harakatlarimizga taʼsir koʻrsatadi.

 

   Talabalar uchun ayni vaqtda qilishimiz kerak boʻlgan eng yaxshi ishlardan biri bu — jamiyat bilan bogʻliq muammolarni yechishda oʻzida jasorat topa olishiga koʻmak berish.

 

   Tribes Learning Communities jamiyatdagi zoʻravonlikni kamaytirish, oʻzaro mehribonlik hissini oshirish maqsadida oʻsmir va talabalar oʻrtasida jamoaviy harakat qilish hamda faol oʻrganish oʻquv dasturlarini taqdim etmoqda. Masalan, Put down the Put down darslarida  oʻquvchilar ayirmachilik qanchalik ogʻriqli ekanligini bilib oldi. Endi esa maktab va sinflarda yuzaga keladigan ushbu muammoni hal qilish yoʻllarini izlab koʻrmoqchi. Bunday vaqtda vaziyatni tushuna olish va empatik javob berish talabalarni yanada jasoratli va ishtiyoqli harakatlar qilishga undaydi. Natijada maktab va sinflarda har bir kishi hurmat qilinadigan va qadrlanadigan ijobiy muhit paydo boʻladi.

 

   It’s Up to Us to Stick Our Necks Out mashgʻulotlarida talabalar hikoyalar qutisidan tanlangan hikoyada tasvirlangan qahramonlar haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashadi. Soʻngra uysizlik, toza havo hamda aholi savodxonligini oshirish kabi jamiyatdagi muammolarni hal qilish uchun xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash bilan bogʻliq loyiha tanlaydi, rejalashtiradi hamda amalga oshiradi. Ushbu jarayon orqali yana bir Be the story mashgʻulotlari bilan mashgʻul boʻladi. Qadriyatlarimiz orqali birgalikda harakatni davom ettirsak, bugungi agʻdar-toʻntar dunyoda oʻzimizni koʻproq masʼuliyatli his qilamiz.

 

   Qishning ertalabki sovuq hamda qorongʻi kunida toʻshakdan emaklab chiqib, tongni qarshi olishni istamasangiz, jasorat shaxsiy harakat ekanligini unutmang. Har doim duch kelish mumkin boʻlgan xavf va tavakkalchiliklar boʻladi, ularni yengishdagi asosiy vosita esa sizning ichingizda! Bu sevgi, oʻrganish, qiziqish, rahm-shafqat hamda umid boʻlishi mumkin. Bu qadriyatlar sizning kimligingiz va bu dunyodagi asosiy maqsadingiz haqida maʼlumot beradi.

 

   Yuqoridagilar eng qiyin kunlarimizda biz uchun kerakli maqsadlarni shakllantirishda yordam beradigan asosiy yechimlar hisoblanadi.