Yangi O‘zbekiston universiteti

Yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Yangi Oʻzbekiston universiteti 2021-yili Toshkent shahrida tashkil etilgan. Oliygohda 5 ta yoʻnalish mavjud boʻlib, talabalar 10 ta taʼlim dasturi doirasida oʻqitilmoqda. Ularga 28 nafar professor-oʻqituvchilar taʼlim bermoqda. Oʻquv reja va dasturlar Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Shuningdek, ularga taʼlim sifatini nazorat qilish, laboratoriya va kutubxonalarni toʻldirish vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda Germaniyadagi 150 dan ortiq korxonalarning roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, ular bilan hamkorlik shartnomasi ustida ish olib borilmoqda.

2021
600
Toshkent sh, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik koʻchasi.