Andijon davlat chet tillari instituti

Andijon davlat chet tillari instituti chet tillari boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurti hisoblanib, 2022-yilda tashkil etildi. Oliy oʻquv yurtida mingdan ortiq talaba 6 ta taʼlim yoʻnalishida tahsil olmoqda. Oliygohning bir qancha davlatlar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud. Ular sirasiga Fransiyaning Campus France tashkiloti loyihasi, Rossiyaning A.Gorchakov nomidagi jamgʻarma, AQShning Faculty Enrichment Program dasturi va xalqaro Erasmus+ loyihasini kiritishimiz mumkin. Institut 2023—2025-yillar oraligʻida umumiy 13 million dollarga yaqin davlat granti loyihalariga ariza topshirgan. Bu mablagʻ CLIL texnologiyalari vositasida yoshlarning kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, axborot ta’lim portalini yaratish uchun sarflanishi kutilmoqda. Hozirgi kunda oliygohning akademik litseyi ham faoliyat yuritmoqda.

2022
1100
Andijon sh, Bobur shoh ko‘chasi, 5-uy.