Andijon davlat pedagogika instituti (ADPI) respublikadagi eng yosh oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, 2021-yilda asos solingan. Oliygohda 20 ta yoʻnalishda 3 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularga 10 dan ziyod professor, 70 dan ortiq fan doktori taʼlim beradi. Institutda bakalavriat, magistratura bosqichlarida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari mavjud. Tashkil etilganiga koʻp vaqt boʻlmasa-da, institut Oʻrta Osiyo oliy oʻquv yurti muassasalari roʻyxatida 38-oʻrinni band etgan. Bundan tashqari, institut qoshida Andijon davlat pedagogika instituti akademik litseyi ham faoliyat yuritadi.