
Andijon davlat tibbiyot instituti
Stomatologiya sohasida yetuk kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Toshkent davlat stomatologiya instituti 2014-yilda tashkil etilgan.
Institutning 3 ta taʼlim yoʻnalishida 4 000 ga yaqin mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ularga 552 nafar oʻqituvchi, jumladan, 225 nafar professorlar taʼlim bermoqda. Ilmiy izlanishga qiziqqan, oliy oʻquv yurtidan soʻng taʼlimni davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar uchun “Yosh olimlar” kengashi tuzilgan. Shuningdek, oliy oʻquv yurti Stomatologiya, “Biotibbiyot va amaliyot” hamda Journal of medicine and innovations nomli jurnallarga mualliflik qiladi. Institut taʼlim sifatini oshirish maqsadida Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Finlandiya hamda Turkiyada joylashgan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Bugungi kunga kelib, Toshkent davlat stomatologiya instituti xorijiy oliy taʼlim dargohlari bilan 110 dan ortiq shartnoma va memorandumga ega. Xususan, Italiyaning Turin universiteti bilan “Biotibbiyot muhandisligi”, shuningdek, Rossiyaning Moskva tibbiyot va stomatologiya universiteti bilan “Stomatologiya” yo‘nalishi boʻyicha xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha memorandumlar imzolandi. Oliygohning “Umumiy tibbiyot” yoʻnalishida Volga tibbiyot universiteti bilan 3+3, “Klinik psixologiya” yoʻnalishida Orenburg davlat tibbiyot universiteti billan 3+2.5, “Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishida Ternopil milliy tibbiyot universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etildi.

