Andijon mashinasozlik instituti

Andijon mashinasozlik instituti 1976-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining Andijon filliali sifatida tashkil etilgan. 2011-yilga kelib, Andijon mashinasozlik instituti va Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti negizida Andijon mashinasozlik instituti oʻz faoliyatini boshladi. Oliygohda 16 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, talabalarga oʻzbek hamda rus tillarida taʼlim beriladi. Institut qoshida Andijon mashinasozlik instituti texnikumi faoliyat yuritadi. Tashkil etilganiga koʻp vaqt boʻlmasa-da, Andijon mashinasozlik instituti bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik shartnomalariga ega. Xususan, Malayziyaning Kuala Lumpur universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Janubiy Koreayaning Degu universiteti hamda AQSH ning Kettering universiteti kabi mashhur nomlarni bu roʻyxatda koʻrishingiz mumkin. Shu bilan birga, Andijon mashinasozlik instituti Erasmus+, Jahon banki hamda Hindiston fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan bir qancha xalqaro loyihalar ishtirokchisi hisoblanadi.

2011
6500
Andijon sh, Bobur shoh ko‘chasi, 56-uy.