Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Qishloq va suv xoʻjalik tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Аndijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti ilk bora 1964-yilda Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Keyinchalik bir necha bor filial maqomida faoliyat yuritgan muassasa 2020-yildan boshlab institut darajasini qoʻlga kiritdi.
Bugungi kunda oliygohning 43 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, ularda 5 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oliy taʼlim muassasasining 5 ta fakultetida 311 nafar professor-oʻqituvchi, jumladan, 16 nafar fan doktori va professorlar, 115 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 180 nafar katta oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda. Institut qoshida 9 ta nemis uskunulari bilan jihozlangan laboratoriya, axborot-resurs markazi, axborot-maslahat markazi, 2 ta issiqxona, intensiv bogʻ va akademik litsey mavjud. Hozirda oliygoh 50 dan ziyod xorijiy universitet va jamgʻarmalar bilan hamkorlik qilmoqda. Ular qatoriga Rossiya, Ukraina, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, AQSH, Germaniya, Italiya, Latviya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Bolgariya kabi mamlakatlardagi oliy taʼlim muassasalari kiradi. 2019-yili institut negizida Grodno davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda Belarus-Oʻzbekiston fakulteti tashkil etildi.

1964
5410
Andijon v, Andijon tumani, Kuyganyor shaharchasi.