Buxoro davlat pedagogika instituti 2020-yilda Buxoro davlat universiteti qoshida tashkil etilgan. Institutda 4 ta fakultet, 11 ta kafedra, 2 ta markaz va 20 ta boʻlim ilmiy faoliyat olib bormoqda. Oliygohda 19 ta kunduzgi, 4 ta kechki va 11 ta sirtqi taʼlim shakli mavjud. Shuningdek, 2 nafar fan doktori, 150 dan ortiq fan nomzodi va 80 dan ortiq professor-oʻqituvchilar 4 000 ga yaqin talabalarga taʼlim bermoqda.
Oʻziga yuklatilgan vazifani toʻkis ado etish uchun xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan Buxoro davlat pedagogika instituti Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Xalqlar doʻstligi universiteti, Penza davlat universiteti bilan shartnoma va memorandumga ega. Soʻnggi yillarda Turkiyaning Kutahya Dumlupinar universiteti, Nechmittin Erbakan universiteti hamda Marmara universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.